Usmonlilar imperiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmonli imperiyasi
Osmanlı İmparatorluğu
دولت عالیه عثمانیه
Devlet-i Aliye-i Osmaniye

Flag of None.svg
 
Vexilloid of the Roman Empire.svg
 
Supposed Flag of the House of Crnojevic.svg
1299 — 1922


Flag of Turkey.svg
 
Flag of Egypt (1882-1922).svg
 
Flag of Hejaz 1917.svg
 
Sa asir1.png
Ottoman flag.svg Osmanli armasi.svg
Usmonli imperiyasining bayrog'i Usmonli umperiyasining gerbi
OttomanEmpireIn1683.png
1683-yildagi Usmonli imperiyasi
Poytaxti Söğüt (12991329)
Bursa (13291365)
Edirne (13651453)
Konstantinopol (Istambul) (14531922)
Til(lar)i Usmonli turk
Arab
Fors
Dini Islom (sunnat tarmog'ida)
Maydoni 7 607 380 km²
Aholisi 35 350 000
Boshqaruv shakli monarxiya
Sulola Usmonlilar
Sulton, Xalifa
 - 1281—1326 Usmon-I

Usmonli Imperiyasi (1299-yildan 1922-yilgacha). Shu davrda imperiya Turk imperiyasi yoki Turkiya deb atalgan. Koʻp millatli va koʻp dinli imperiya. Imperiya tarkibiga Janubi-sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning koʻp qismi kirgan; gʻarbdagi Gibraltar boʻgʻozidan (1553-yili Gibraltarning narigi tarafidagi Marokashning Atlantika qirgʻogʻigacha) sharqiy tomonidagi Kaspiy dengizi bilan Fors chig'anog'igacha, shimoldagi Avstriya va Slovakiyaning chegaralari bilan Ukraina chegarasidan janubdagi Sudan, Eritreya, Somali va Yamangacha hududlar kirgan. [1]


Usmonli turk imperiyasi, Usmonlilar davlati (Yevropada Ottoman imperiyasi deb atalgan) — Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat (12991922). Usmonli turklar imperiyasiga Usmon I asos solgan.


Bu davlat dastlab Kichik Osiyoning Shimoliygʻarbiy qismi Eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarning Koʻniya sultonligiga tobe kichik bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Bu beklikning ilk hukmdori Ertoʻgʻrul boʻlsa ham, uning oʻgʻli — Usmonbey davrida beklik mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmonli bekligi deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli turklar imperiyasi nomini olib, oʻrta asrlarda jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmon I va uning oʻgʻli Urxon bek (bey) unvonini qabul qilgan boʻlsa, Urxonning oʻgʻli Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb atalgan.


Usmon Gʻoziy davridayoq qoʻshni Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlar qilinib, Qoracha Hisor va Yor Hisor qalʼalari, Bursaning atroflari egallangan.


Uning oʻgʻli Urxon Gʻoziy Vizantiyaning Bursa, Nikeya, Nikomediya shaharlarini istilo qilib, XIV asrning oʻrtalaridayoq Qora dengiz va Marmar dengizi sohillariga chiqqan. Bu davrda usmonli turklar (ular oʻgʻuz turklarining qay urugʻiga mansub boʻlgan) Dardanell boʻgʻozidan oʻtib, Yevropa hududiga kirishgan. 1356-yilda Bolqonni zabt etish tugallanib, Yevropa hududida yangi Rum eli (Rumeliya) viloyati taʼsis etilgan. Aynan shu paytdan Usmonlilar davlatini saltanatga aylanish jarayoni boshlangan. 1360-yil yanicharlar (turkcha: yangi cherik) — maxsus piyoda qoʻshin tashkil qilingan.


Davlatning dastlabki poytaxti Melangiya, 13261362-yillarda Bursa boʻlgan. Sulton Murod I, 1362-yilda poytaxtni Bursadan Edirna (Adrianopol)ga koʻchirgan. Uning hukmronlik davrida Yevropada yangi hududlar zabt etilgan. Kosovo maydonida boʻlgan jang (1389)da serblar maglubiyatga uchragach, Serbiya Usmonli turklar imperiyasiga qoʻshib olindi. Sulton Boyazid I Yildirim Bolgariyaning poytaxti Tirnovo (1393)ni egallab, Nikopol ostonalarida salibchi ritsarlarning birlashgan 60.000 kishilik qoʻshinini maglubiyatga uchratdi (1396) va Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni qamal qilishga kirishdi. U Bolgariya, Valaxiya, Makedoniya, Fessaliyani oʻz davlati tarkibiga kiritdi. Biroq, 1402-yilda boʻlgan Anqara jangi Amir Temur qoʻshinidan Usmonli turklar imperiyasi ning maglubiyatga uchrashi Vizantiya imperiyasini mukarrar halokatdan saqlab qoldi. Sulton Mahmud I va Murod II hukmronliklari davrida qoʻldan ketgan hududlar qaytarib olingan. Adolatli va insofli hukmdor sifatida nom chiqargan Murod II Gʻoziy 1422-yil Konstantinopolga hujum qiladi. Varna yaqini (1444-yil 10-noyabr) va Kosovo maydoni (1448-yil 17— 19 dekabr)da chex-vengerlar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratib, 1449—50-yillarda Albaniya ustiga 2 marta yurish qilgan.


Murod II ning oʻgʻli Mahmud II Fotih turk qoʻshinlariga shaxsan oʻzi qoʻmondonlik qilib, jahongirlik siyosatini olib borgan. U Sharqiy Rim imperiyasiVizantiyaning poytaxti Konstantinopolni 40 kunlik qamaldan soʻng egallab (1453-yil 29-may), Vizantiya imperiyasini tugatgan. Konstantinopol turkcha Istanbul nomi bilan atalib, poytaxt bu yerga kuchirilgan. Bu gʻalabadan sung Mahmud II Fotih Bolqon va Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Serbiya (1459), Moraviya (1460), Bosniya (1463), Valaxiya (1476), Albaniya (1479) Trapezund — Trabzon (1461) egallangan. Qrim xonligi tobe davlatga aylantirilgan (1475). Oq qoʻyunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi harbiy harakatlar kuchaytirilgan. Yevropaning Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlari hududlarini egallash rejasi tuzilib, amaliy harakatga oʻtilgan. Bu davrda harbiy va maʼmuriy boshqaruv sohasida katta islohotlar oʻtkazilib, ulkan saltanatni mustahkamlash choralari koʻrilgan. Ayniqsa, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik gullab-yashnagan.


Sulton Boyazid II, Salim I va Sulaymon I hukmronlik qilgan davrlarda saltanat haddan tashqari kuchaygan. Xususan, Salim I Yovuz Eron safaviylari shohi Ismoil I qoʻshinini yanchib tashlaydi (1514-yil 23-avgust). Iroq, Shom (Suriya), Falastin, Misrni egallab, Qohiraga kiradi (1517). Bu paytda Misrdan tashqari Shimoliy Afrikaning Jazoir hududi, shuningdek, Bolqon, Arabiston, Janubiy-Sharqiy Anadolu ham Usmonli turklar imperiyasi tarkibiga kirgan. Halabda boʻlgan juma namozi (1516-yil 28-avgust)da sulton Salim I ga "ikki muqaddas shahar xizmatchisi" faxriy unvoni berilib, xalifa sifatida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan (Usmonli sultonlar shu kundan eʼtiboran to 1924-yilgacha ayni paytda islom olamining xalifasi ham hisoblangan). Sulton Sulaymon I ham jahongirlik siyosatini davom ettirgan. Vengriya bosib olingach, turklar Venani 1 marta qamal qilishgan (1529). Polsha va Ukrainaga qoʻshin joʻnatilib, Egey dengizidagi Rodos va boshqalar orollar ishgʻol qilingan. Sulaymon I Qonuniy "Muqaddas Rim imperiyasi"ga qarshi kurashish uchun Fransiya qiroli Fransisk I bilan birinchi fransuz-turk siyosiy shartnomasi va savdo bitimini imzolagan (1535). 1556-yilga kelib Usmonli turklar imperiyasiga Kichik Osiyo hududi, Gʻarbiy Gruziya, Gʻarbiy Armaniston, Livan, Suriya, Iroq (Bagʻdod bilan birga), Falastin, Hijoz, Yaman, Misr, Tripoli, Jazoir, Yunoniston, Bolgariya, Vengriya, Serbiya, Bosniya, Valaxiya, Transilvaniya, Moldaviya, Qrim kirgan. Bu paytda u jahondagi eng qudratli saltanatlardan biri hisoblangan. Saltanatning ulkan hududi 3 qitʼa: Yevropa, Osiyo, Afrikaning katta kismini egallagan boʻlib, uning mayd. 8 mln. km2ga yetgan. 16 asrda turklarning kuchli dengiz floti butun O’rta dengiz havzasini nazorat qilib turgan.


Sulton Murod III xukmronligi davrida Kipr oroli boʻysundirilgan. Bu paytda Gibraltar boʻgozidan Fors qoʻltigʻigacha, Dunaydan Nil sohillarigacha boʻlgan hudud sultonlikka qaragan.


Biroq XVII asr oxiridan boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshlagan. Yevropa mamlakatlari oʻzaro ittifoq tuzib, Usmonli turklar imperiyasiga qarshi kurashga chogʻlanganlar. Vena atrofida boʻlgan 2 jangda turk qoʻshini Avstriya, Germaniya, Polshaning birlashgan armiyasidan yengilgan (1683-yil). Muntazam davom etib turgan Rossiya -[[Turkiya urushlari (1676-1681, 1684-1699, 1710-1711, 1768-1774, 1787-1791, 1807-1812, 1828-1829, 1853-1856, 1877-1878, 1914-1916 va boshqalar) oqibatida Usmonli turklar imperiyasi asta-sekin zaiflashib borgan. Hatto bu paytda vahhobiylarning taʼsiri kuchayib, ular inglizlarning yordamida Fors qoʻltigʻidagi El-Xasa (1792), Karbalo (1801), Makka va Madina (1803—1806)ni egallab, turklarga qarshi qirgʻin uyushtirgan.


Salim III va Mahmud II hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan saqlab qolish uchun islohotlar oʻtkazilgan. Sulton Abdulmajid yana islohotlar (Tanzimat) oʻtkazish (1839) orqali, bir tomondan, sultonlik inqirozini toʻxtatishga, ikkinchi tomondan, yangi turk ziyolilarini (ular oʻzlarini yangi usmonlilar deyishgan) shakllantirishga muvaffaq boʻldi. Bu paytda boʻlgan Qrim urushida [[Turkiya oʻzining eski raqibi Rossiya imperiyasi ustidan gʻolib chiqdi hamda Qora dengiz va Dunay daryosidagi mavqeini qayta tikladi. Tanzimat va 1876-yilda qabul qilingan dastlabki konstitutsiya sulton Abdulhamid II tomonidan bekor qilingach (1878), mamlakatda istibdod davri boshlangan. Bu davrda sultonlik Yevropa davlatlariga iqtisodiy jihatdan qaram boʻla boshlagan. 19 asr oxiri — 20 asr boshlarida "Ittihod va taraqqiy" partiyasi aʼzolari mamlakatda konstitutsion monarxiya oʻrnatish uchun qatʼiy harakat qilishgan ([[Turkiya).


1922-yil 1-noyabrda [[Turkiya Buyuk Millat Majlisi sultonlikni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mustafo Kamol (Otaturk) bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qilib, sultonlikning asosan turklar yashaydigan hududi — Kichik Osiyo va qisman Yevropada 1923-yil 29-oktyabrda [[Turkiya jumhuriyatiga asos soldi.


Usmoililar davlatining Oʻrta Osiyo xonliklari bilan oʻzaro munosabatlari[tahrir]

Asrlar davomida ikki xalq vakillari, avvalo, ulamolar, olimlar, shoirlar, sanʼatkorlar madrasalarda birgalikda tahsil olishlari, ziyoratlari, savdo-sotiq munosabatlari va oʻzaro tashriflar jarayonida doʻstona aloqalar oʻrnatganlar. Ikki oʻrtadagi munosabatlarda davlat rahbarlari tomonidan olib borilgan elchilik aloqalari muhim oʻrin tutadi. Safaviylar davlatiga qarshi birgalikda kurashish uchun sulton Salim I elchi Muhammadbek orqali Shayboniylar hukmdori Koʻchkunchixon oʻzaro maktub joʻnatgan (1514). Xususan, sulton Sulaymon I Qonuniy va Buxoro xoni Ubaydullaxon Eronga qarshi birgalikda kurashish uchun harakat qilishgan. Shayboniylarning Samarqanddagi hukmdori Abdulatifxonga Sulaymon I katta miqdorda qurol-yarogʻ joʻnatgan (1551). Buxoro xoni Subhonqulixon sulton Sulaymon II huzuriga elchilar yuborib (1690) doʻstona munosabatlarni rivojlantirgan. Buxoro amiri Doniyolbiy 1779-yilda Ernazar Masʼud oʻgʻlini dastlab Rossiya imperiyasi, soʻngra Usmonlilar sultonligiga elchi qilib tayinlab, oʻzaro aloqani mustahkamlamoqchi boʻlgan. Doniyolbiy 1783—1784-yillarda 2 marta sulton Abdulhamid I huzuriga Muhammad Sharifni elchi qilib joʻnatgan. Turk sultoni elchisi Mahmud Sayd ogʻa Buxoro amiri Shohmurod huzurida boʻladi. (1786) Sulton Salim III ham 1789-yilda oʻz elchilarini yuborgan. Buxoro amiri Haydar devonbegi Eshmuhammad va Mirzo Muhammad Yusuf qoʻrchiboshini maktub bilan Istanbulga yuborib, sulton Mahmud II dan shariatga doir kitoblarni soʻratadi (1815). Mahmud II oʻz elchisi Hasan Chalabiydan Buxoroga 32 jildli kitob yuborgan. Xiva xoni Olloqulixon xonlikka karshi Perovskiy ekspeditsiyaitan soʻng Istanbul va Angliyaga elchilar yuborib, harbiy yordam soʻraydi. Biroq, Xiva xoniga masofa olisligi uchun xarbiy yordam joʻnatilmay, toʻp yasovchi turk ustalari yuboriladi. Qoʻqon xoni Sulton Sayidxon (1865) va Buxoro amiri Muzaffar muftiy Xoja Muhammad Porsoni (1866) elchi qilib Istanbulga joʻnatishgan va sultonlikdan harbiy yordam soʻragan.


Shuningdek, mazkur davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalar keng yoʻlga qoʻyilgan. Asli bursalik Qozizoda Rumiy Mirzo Ulugʻbekning rasadxonasida mudirlik qilgan, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasida bosh mudarris boʻlgan. Ulugʻbek oʻlimidan soʻng uning shogirdi Ali Qushchi Istanbulda sulton Mahmud II saroyida xizmat qilgan va avliyo Sofiya madrasasining bosh mudarrisi boʻlgan. Jaloliddin Rumiyning butun ongli faoliyati Koʻniya (Kichik Osiyo)da kechgan. Tasavvufning naqshbandiya va yassaviya tariqatlari Usmonli turklar imperiyasi hududida ham keng tarqalib, bu yerda Bahouddin Naqshband va Ahmad Yassaviyning Yunus, Xoja Bektosh Vali, Kiyikli bobo singari izdoshlari yetishib chiqqan. Tilshunos olim, shoir va elchi Sulaymon Buxoriy 19 asr oʻrtalarida Istanbulda yashab, "Lugʻati chigʻatoy va turki usmoniy" (2 jildli) lugʻatini tuzgan.


20 asr boshlarida Turkistondan borgan 100 dan ortiq talabalar (ularning orasida Fitrat, Usmon Xoʻja, Otaulla Xoʻjayev, Bekjon Raxmonov va boshqalar boʻlgan) Istanbulda tahsil olgan. Yosh turklarning gʻoyalari Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar dunyoqarashiga ijobiy taʼsir qilgan. "Ittihod va taraqqiy" partiyasi maorif boʻlimi mudiri doktor Nozim va turkistonlik talabalar tashabbusi bilan Istanbulda "Buxoro taʼlimi maorif jamiyati" (1908) tashkil qilingan. Jamiyat Istanbuldagi Gʻalaba koʻprigi yonidagi yangi Jomeʼ masjidida turkistonlik oʻquvchilar uchun alohida maktab ochgan va ularni tekin oʻqitgan. Jamiyat tomonidan Fitratning koʻplab asarlari ilk marta Istanbulda bosilgan.


XVI — XVIII asrlarda[tahrir]

Usmonli imperiyasi, 1299-1683


Imperiyaning yuksalishi[tahrir]

XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga boʻlingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qoʻshini edi. Qoʻshinni yer egalarining lashkarlari tashkil etardi. Sulton harbiy majburiyat evaziga yer-suv taqsimlab berardi. Harbiy majburiyat evaziga ajratilgan katta-katta yer egalari zoimlar va beylar, ulardan maydaroq yer egalari esa tumorilar va sipohiylar deb atalgan. Ularga harbiy harakat vaqtida sulton farmon bergan hamonoq, yerlarining katta-kichikligiga qarab belgilab qoʻyilgan miqdordagi qurolli dehqonlar bilan belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklangan edi. Bundan tashqari, imperiyaning doimiy qoʻshini — yanicharlari, shuningdek, kuchli harbiy-dengiz floti ham boʻlgan. Bu omillar Usmonli turklar sultonlariga keng koʻlamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini bergan. Bunday urushlar natijasida Usmonli turklar davlatining ulkan imperiyaga aylanganligi Sizlarga VII sinf „Jahon tarixi“ darsligidan maʼlum. Imperiya XVI asrda ham bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi. Sulton Salim I 1514-yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qoʻshinini tor-mor etdi. Bu gʻalaba sultonga shohning ittifoqchisi Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashga yoʻl ochdi. 1516-yilda yoʻl-yoʻlakay Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517-yilda esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi. Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hatto Afrikada ham mustamlakalarga ega boʻldi.

Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yoʻllarining ham Turkiya qoʻliga oʻtishiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini taʼminladi. Oqibatda Turkiyaning xalqaro taʼsir-eʼtibori, Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari taqdiridagi oʻrni yanada ortdi.


Hukmdorlar[tahrir]

Nomi[2] Yashagan yillari[2] Hukmronlik yillari[2]
Usmon I 12581324 12991324
O’rxon I 12881326 13241326
Murod I 13261389 13621389
Boyazid I Yildirim 13601403 13891402
Murod II 14041451 14211444
Mahmud II Fotih 14321481 1444
Boyazid II Darvish 14471512 14811512
Salim I Yovuz 14701520 15121517
Sulaymon I Qonuniy (Muhtasham) 1494 — 1566 15201566
Salim II Mast 1524 — 1574 15661574
Murod III 1546 — 1595 15741595
Mahmud III 1568 — 1603 15951603
Ahmad I 1590 — 1617 16031617
Mustafo I 1592 — 1639 16171618
Usmon II 1604 — 1622 16181622
Mustafo I 1592 — 1639 16221623
Murod IV 1612 — 1640 16231640
Ibrohim I 1615 — 1648 16401648
Mahmud IV Ovchi 1642 — 1693 16481687
Sulaymon II 1642 — 1691 16871691
Ahmad II 1643 — 1695 16911695
Mustafo II 16641703 16951703
Ahmad III 16731736 17031730
Mehmet I 16961754 17301754
Usmon III 16961757 17541757
Mustafo III 17171774 17571774
Abdulhamid I 17251789 17741789
Salim III 17611807 17891807
Mustafo IV 17791808 18071808
Mehmet II 17841839 18081839
Abdulmajid I 18231861 18391861
Abdulaziz I 18301876 18611876
Murod V 18401904 1876
Abdulhamid II 18421918 18761909
Mahmud V Rishod 18441918 19091918
Mahmud VI Vohid 18611926 19181922




Manbalar[tahrir]

  1. H. İnalcık: „The rise of the Ottoman Empire“ in P.M. Holt, A.K. S. Lambstone, and B. Lewis (eds), The Cambridge History of Islam, (Cambridge University). pages 295-200
  2. 2,0 2,1 2,2 Usmonli turklar // presidents.h1.ru.


Adabiyot[tahrir]

  • Aliyev G.Z., Turtsiya v period pravleniya mladoturok, M., 1972; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1 kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Raxmaialiyev R., Imperiya tyurkov, M., 2002; Erol Gungoʻr, Tarihsa turkiy davlatlar, T., 2003; Mirzo Salimbek, Kashkuli Salimiy, Tavorixi mutgaqadimin va mutaaxirin, Buxoro, 2003.