Yunusobod oktepasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yunusobod oktepasioʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (513-asrlar). Toshkentning shim.sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V.P.Nalivkin qayd qilgan. 1940— 41 yillarda A.I.Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975 yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M.S.Mershchiyev, M.I.Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Yu.O. — jan. tomoni baland va tik tepalik koʻrinishdagi koʻshkli qoʻrgʻonqasr va istehkomsiz qishloq xarobasi. Maydoni qariyb 100 ga, eng baland qismi 21 m. Koʻshkli qoʻrgʻon (86–180 m) shim.dan jan.ga tomon choʻzilgan va qishloqsan chuqur jarlik (xandaq) bilan ajratilgan. Qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, 5-asrda qasr doʻnglik ustiga urib chiqilgan paxsa tagkursi (platforma)da qadimiy koʻtargan. U uzun va keng zinapoyaga oʻxshatib qurilgan ikki qavatli binodan iborat boʻlib, uning birinchi qavatini mayd. 80x80 m va yuqori qavatining mayd. 50x50 m ga teng . Qasrning har ikkala qavatining ichkari tomoniga uzun yoʻlakgalereya bino qilingan va tashqarisi baland devor bilan oʻralgan. Tashqi devor va tomi ravoqsimon qilib yopilgan yoʻlaklar galereyasi xalq tilida "devgʻisht" deb yuritilgan paxsa bloklari (70x70x70 sm) hamda 48x24xYu sm hajmdagi uzun xom gʻishtlardan ishlangan. Yoʻlaklar halqasining kengligi 2 m, bal. 2,3 m. Ustki qator yoʻlaklar burchaklarida gumbazli dumaloq xonalar boʻlib, ular tashqaridan doira shaklidagi minora (moʻla)larni hosil qilgan. Kvadratning ichki qismi uzun ensiz, tomi gumbazli xonalardan iborat boʻlib, ular qator yoʻlaklarga tutashgan. 7-asr boshlarida tor xonalar tuproq bilan toʻlgʻazilib, mustahkam tagkursiga aylantirilgan va ustiga binolar qurilgan. Qasrning toʻrt burchagidagi minoralar mustahkamlanib, uningjan. gʻarbiy qismida mayd. 22x22 m li koʻshk bino qilingan.

Saqlanib qolgan imorat qoddiklariga qaraganda (7-asr oxiri va 8-asr boshi), koʻshk ham 2 qavatli boʻlib, uning pastki qavatida ravoqli xonalar, yuqorida esa mulkdorning uyjoy va mehmonxonalari joylashgan. Koʻshkdan shim.roqda 10 tacha xonalar ochilib, ular ibodatxona majmuasidan iborat boʻlgan. Koʻshkning sharqiy qismida 9 ta uzun boloxonali uylar kavlab ochilib, ayrimlarining ichida devor boʻylab ensiz supa, orqa devorida yorugʻlik darchalari, toʻsin tuynuklari saklangan. Xonalar, asosan, omborxona, boloxonalar esa xizmatkor va qarollar uchun boshpana vazifasini oʻtagan.

Oqtepaning qasrga yondoshgan qoʻrgʻon qismida ham qazish ishlari olib borilib, qoʻrgʻonning tashqi devori, hovli va devor boʻylab chokarlar uchun qurilgan gurar joylar, koʻshkka tomon yoʻnalgan koʻtarma yoʻlning bir qismi va darvozaxona oldi inshootlarining vayronalari kavlab ochilgan.

Qazish jarayonida sopol buyum boʻlaklaridan tashqari tosh, suyak va metallardan yasalgan qurolyarogʻ, zebiziynat, jumladan, temir pichoq, xanjar, bolta, oʻroq, uch parrakli oʻq paykonlari, tosh yorgʻuchoklar, togʻ xrustali koʻzli kumush uzuk va h.k. topilgan. Topilmalar orasida nuroniy moʻysafid tasvirli terrakota, ayniqsa, diqqatga sazovor. Shuningdek, 5-asrdagi mahalliy hukmdorlarning kumush tangalari, umaviylarttt 12 ta dirhami hamda sugʻd yozuvli mis tanga qayd etilgan. Tangalar, kuchli yongʻin izlari va boshqalarga qaraganda qoʻrgʻon 8-asrning 1-choragida vayron boʻlgan. Qoʻrgʻon xarobasi oʻrnida 8-asrning 2-yarmida hayot qayta jonlangan. 912-asrlarda u Binkagp viloyatining istehkomli qishloqlaridan biriga aylangan. 13-asr boshida inqirozga uchragan.

Adabiyot[tahrir]

  • Buryakov Yu.F., Kasmmov M.R., Rostovsev O. M., Arxeologicheskiye pamyatniki Tashkentskoy oblasti, T., 1973; Mukminova R.G., Filanovich M.I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001; Muhammadjonov A., QadimgiToshkent, T., 2002.