Kontent qismiga oʻtish

Xonobodtepa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xonobodtepa — shahar xarobasi (VIXIII asr boshi — XVIXVII asrlar). Toshkent shahri janubida Chirchiq daryosining oʻng sohilida, daryodan 0,5 km narida joylashgan. 1930–1960-yillarda M. Y. Masson, V. M. Masson, Y. F. Buryakov; 1971–1975-yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (V. A. Bulatova, L. G. Brusenko, L. L. Rtveladze, E. V. Rtveladze, M. I. Filanovich) tekshirgan. X. yodgorligi kvadrat (530x500 m) shaklda. Maydoni taxminan 30 ga. U keng xandaq bilan oʻralgan ark va shahristondan iborat. 6-asrda istehkomsiz kichik qishloq shaklida qad koʻtargan. VII asr oʻrtalarida 4 burchagida minoralari bor mustahkamlangan qalin devor bilan oʻralgan shaharga aylangan. Shahar ichida muhtasham binolar, uy-joylar, maydon va bozor joylashgan. VIII asrning 1-yarmida vayronaga aylanib, IXXII asrlarda hayot tiklangan. XIII-asr boshida moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan. Uzoq vaqt vayronalikdan soʻng, XVXVI asrlarda shahar qayta tiklanib, mustahkam devori yangi ark (104x80 metr) bino qilingan. Shahar xarobasidan VIII asrning 1-yarmiga oid tangalar (Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Usrushona hokimi Satachuriy II, Sugʻd ixshidi Turgʻar (738750), turk xoqoni Eltegin tangalari) va Abbosiylarning mis fuluslaridan iborat xazina; shuningdek, qopqogʻida qush boshi va soqolli keksa kishi tasviridagi oʻymakor naqshli ostodonlar, buqa boshli sirlangan qadah, VI–XII asrlarga oid sirsiz va sirlangan sopol idishlar topilgan.

2025-yilda kanalizatsiya oʻtkazilishi oqibatida Xonobodtepaga 31,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlangan[1]