Banokat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Banokat, Sharqiya, Shohruxiya — Sirdaryoning oʻng sohilida, Ohangaron (Iloq) daryosining Sirdaryoga qoʻshilish joyidagi karvon yoʻli yoqasida joylashgan qad. shahar harobasi (118- a.lar). B.ni havaskor arxeolog D. K. Zatsepin (1876), Ye. T. Smirnov (1894, 1896) oʻrgangan. 1973 y.dan Shosh-Iloq ekspeditsiyasi (Yu. F. Buryakov) tekshiradi. Tadqiqotlarga koʻra, dastlab (1-asr) uning mudofaa devori boʻlmay, atrofidagi daryo, shuningdek jarliklar tabiiy mudofaa vositasi rolini oʻtagan, ilk oʻrta asr (56- a.)da burjli mustahkam mudofaa devori bilan oʻralgan. B. hududi 22 ga boʻlib, arki taxminan 1 ga ni egallagan. 1213- a. boshlarida kengaygan (140 ga); u ark, 3 shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Qazishmalar natijasida turli sopol buyumlar (naqshinkor koʻza, kosa, sirlangan lagan va boshqalar), tanga pul va taqinchoqlar topilgan. B.da zargarlik, toʻqimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa rivojlangan, mis, kumush tangalar zarb etilgan. Moʻgʻullar istilosi davrida (1220) B. vayron boʻlgan. 1392 y.da Amir Temur B.ni qayta tiklab, oʻgʻli Shohrux sharafiga Shohruxiya deb atagan. 18-asr boshlarida oʻzaro urushlar natijasida vayron boʻlgan. B. harobasining bir qismini Sirdaryo yuvib ketgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • B u r ya k o v Yu. F., Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa, T., 1982.