Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti
Ishga tushgan sanasi 12-iyul 1993-yil
Joylashuvi Turkiya bayrogʻi Turkiya, Anqara
Asoschi(lar)i

 Ozarbayjon
 Qozogʻiston
 Qirgʻiziston
 Turkiya
 Oʻzbekiston
 Turkmaniston

Kuzatuvchilar
Bosh kotib  Qozogʻiston, Dyusen Kaseinov
Til(lar)i turkcha, ruscha, inglizcha
Vebsayti www.turksoy.org
Map-TurksoyMembers.svg

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY (turkcha: Uluslararası Türk Kültürü Teşkilatı, Türksoy) — turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda, tashkilot bosh direktori qozogʻistonlik Dyusen Kaseinov hisoblanadi. Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir.

Xalqaro Turkiy madaniyat tashkilotining shtab-kvartirasi.

Tashkilot tarixi ilk marta 1992-yilda Boku va Istanbuldagi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston madaniyat vazirlari uchrashuvida kelishilgan. 1993-yilning 12-iyul kuni Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida „Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tshkiloti“ga asos solindi va tegishli xujjatlar imzolandi.

1996-yildan, TURKSOY va YUNESKO oʻrtasida rasmiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 2009-yilda tashkilot nomi hozirgi nomga oʻzgartirildi. Oʻsha yili, ushbu tashklot Turkiy kengash tarkibiga kirdi.

Aʼzo mamlakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TURKSOY tarkibiga 10 ishtirokchi kiradi, bular mustqail suveren davlatlar, boshqa davlatlar tarkibidagi federal subyektlar va muxtor viloyat va regionlardir.

MamlakatPoytaxtiRasmiy tiliAholisi soni
 GagauziaKomratGagauz tili163 200
 OzarbayjonBokuOzarbayjon tili9 780 700
 QozogʻistonOstonaQozoq tili17 440 270
 QirgʻizistonBishkekQirgʻiz tili5 776 580
 Shimoliy KiprLefkosiyaTurk tili294 900
 BoshqirdistonUfaBoshqird tili4 086 180
 Oltoy Respublikasi Gorno Altaysk oltoy tili 202 000
 TataristonQozonTatar tili3 855 000
 TurkiyaAnqaraTurk tili77 695 000
 TurkmanistonAshxobodTurkman tili5 250 000
 OʻzbekistonToshkentOʻzbek tili31 050 000

Sobiq aʼzolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eskirgan xarita (turk tilida)

2015-yil oxirida Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya samolyotini urib tushirgandan so‘ng Rossiyaning uchta federal bo‘linmasi TURKSOYni tark etdi.

MamlakatPoytaxtiRasmiy tiliAholisi soni
 Saxa RespublikasiYakutsksaxa tili992,115
 TivaQiziltiva tili332,609

Turk dunyosining madaniy poytaxti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turksoy har yili Turk dunyosidan bir shaharni „Turk dunyosi madaniyat poytaxti“ etib tanlaydi. Tanlangan shahar turkiy madaniyatni nishonlash uchun bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi[1]. Ushbu nomga sazovor boʻlgan shaharlar:

  1. Türksoy Official Web Site. „Cultural Capital of the Turkic World 2016: Sheki :: TURKSOY“. www.turksoy.org. 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-may.
  2. Türksoy Official Web Site. „The Cultural Capital of the Turkic World 2018: Kastamonu :: TURKSOY“ (en-US). www.turksoy.org. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-dekabr.
  3. „Özbekistan'ın Hive şehri 2020 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi“. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  4. „Osmanlı'nın ilk başkenti Bursa 2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi :: TÜRKSOY“. www.turksoy.org. Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
  5. „Azerbaycan'ın Şuşa kenti "2023 Türk Dünyası Kültür Başkenti" ilan edildi - Avrasya'dan - Haber“. TRT Avaz. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  6. „Türkmenistan’ın tarihî Anev kenti 2024 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi“ (tr). www.turksoy.org. Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.