Qizil (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qizil (1918 yil gacha — Belotsarsk, 1926 yil gacha — Xem Belder) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Tuva Respublikasi poytaxti (1991 yildan). Tuva soyligining sharqiy qismida, Katta Yenisey va Kichik Yenisey daryolarining quyilish joyida. Us a traktining oxirgi punkti. Aholisi 104,1 mingkishi (2002). Qizil 1914 yilda vujudga kelgan. 1921—44 yillarda Tuva Xalq Respublikasi poytaxti. 1944 yilda Tuva (Tiva) Xalq Respublikasi bilan birga SSSR tarkibiga kirgan. 1944 yilgacha shaharda faqat mayda sanoat korxonalari bor edi. Qurilish detallari, tikuvchilik ktlari; avtomobil maxsus jihozlari, koʻn, gʻisht, taxta tilish, pivo va sut zavodlari, mebel fabrikasi ishlab turibdi. Qizil yonida toshkoʻmir qazib olinadi. Til, adabiyot va tarix ilmiy tekshirish instituti, pedagogika instituti, musiqali drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Qizilda Osiyoning geografik markazi joylashgan boʻlib, bu nuqtaga obelisk oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Qizil" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil