Lucas Hernandez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lucas Hernandez
Lucas Hernandez 2022.jpg
Ernandes Bavariya klubi safida toʻp surmoqda
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
  1. b0c4de; line-height: 1.5em" |Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi

Lucas François Bernard Hernandez[1]

Tu’gʻilgan yili

(1996-02-14) 14 February 1996 (age 26)[2]

Tu’gʻilgan joyi

Marsel, Fransiya

Boʻyi

1.84 m (6 ft)[3]

Pozitsiyasi

Himoyachi

colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
  1. b0c4de; line-height: 1.5em" |Klublari haqida maʼlumot
Hozirgi jamoasi

Bayern Munich

Raqami

21

colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
  1. b0c4de; line-height: 1.5em" |Yoshlik faoliyati
2002-2007

Rayo Majadahonda

2007-2014

Atlético Madrid

colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
  1. b0c4de; line-height: 1.5em" |Oʻrta yosh faoliyati
Yillari

Jamoalar

Oʻyinlar

(Gollar)

2014-2015

Atlético Madrid B

21

(1)

2014-2019

Atlético Madrid

67

(1)

2019-

Bayern Munich

74

(1)

colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
  1. b0c4de; line-height: 1.5em" |Milliy terma jamoasi
2012

Fransiya U16

1

(0)

2014

Fransiya U18

2

(0)

2014-2015

Fransiya U19

13

(0)

2015

Fransiya U20

3

(0)

2016-2017

Fransiya U21

9

(0)

2018-

Fransiya

33

(0)

colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
  1. b0c4de; line-height: 1.5em" |
Yutuqlari

*Club domestic league appearances and goals, correct as of 19:22, 12 November 2022 (UTC)

‡ National team caps and goals, correct as of 22 November 2022

Lucas Fransua Bernard Hernandez (Fransuzcha talaffuzi: lukas ɛʁnɑ̃dɛz, - ɛʁnandɛs[4][5] 1996-yil 14-fevralda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Fransiya terma jamoasida chap qanot va markaziy himoyachi ampulasida oʻynaydi[6].

Ernandes oʻz faoliyatini "Atletiko Madrid" klubida boshlagan, u yerda u 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushib, 2016-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, 2018-yilgi Yevropa ligasi va Superkubogi sohibi bo‘lgan. U 2019-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Bundesliga, DFB-Pokal va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Ernandes 2018-yildan beri fransuz termasi futbolchisi, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham gʻolib bo‘lgan va UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atletiko Madrid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernandes „Atletiko“ bilan

Otasi Jan-Fransua Ernandes „Olimpik Marsel“da oʻynab yurgan paytida Ernandes toʻrt yoshida Ispaniyaga koʻchib oʻtdi (u fransuz tilida biroz ispancha aksent bilan gapiradi)[7] va „ Atletiko Madrid“ jamoasiga kelib qoʻshildi[8][9]. 2013-yilning 9-noyabrida murabbiy Diego Simeone tomonidan Ernandes La Liganing „Vilyarreal“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushirildi[10], ammo ertasi kuni mehmondagi 1:1 hisobidagi oʻyinda unga imkon berilmadi[11].

Ernandes asosiy tarkibdagi debyutini 2014-yil 26-aprelda o‘tkazdi va Segunda B divizionida „Real Sosedad B“ga qarshi safarda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[12]. Mavsum davomida u yana uchta oʻyinda maydonga tushdi, chunki ularda quyi ligaga tushib ketish xavfi deyarli yoʻq edi. Natijada Lukas klub bilan 2018-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi[13].

Ernandes 2014-yil 3-dekabrda jamoadagi birinchi debyutini o‘tkazdi va Ispaniya Kubogida CE L’Hospitalet ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, to‘liq 90 daqiqa davomida o‘ynadi[14]. Uning Ispaniya yuqori ligasidagi ilk uchrashuvi Bilbaoning „Atletik''iga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda roʻy berdi. U oʻsha oʻyinda Guilherme Siqueiraning oʻrniga kechroq maydonga tushirildi[15].

2015-16-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 10-avgustida Ernandes shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va yakunda asosiy tarkibga ko‘tarildi[16]. Uning UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yilning 15-martida bo‘lib o‘tdi. PSV Eyndxovenga qarshi 1/8 final uchrashuvining qo‘shimcha bo‘limida jarohat olgan Diego Godin oʻrniga aynan u tushirildi (120 daqiqadan so‘ng 0:0, penaltilar seriyasida 8:7 hisobida g‘alaba qozondi)[17]. 28-may kuni San-Siroda “Real Madrid" ga magʻlub boʻlgan finalda ham ishtirok etdi[18].

2016-17-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 6-avgustida, Ernandes „Atletiko“ bilan shartnomasini 2020-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi[19]. U 2016-17 yilgi mavsumda Atletiko safida kerakli oʻyinchilardan biri edi va mavsum davomida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa, shularning 20tasini asosiy tarkibda boshladi.

2017-18-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-18-yilgi mavsumda Ernandes jamoaning asosiy aʼzosi boʻldi, chunki u barcha musobaqalarda 44 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Atletiko“ 2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, Fransiyaning Marsel klubiga qarshi oʻynadi va yakunda 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi, bu, oʻz navbatida, Ernandes uchun birinchi xalqaro sovrin edi[20].

2018-19-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernandes professional futbolchi sifatida ilk golini 2019-yilning 19- yanvarida „SD Huesca“ga qarshi o‘yinda (3:0) kiritdi[21].

2019-yilning 27-martida, „Atletiko“ Lukas Ernandes 2019-yil yozida klubni tark etishini tasdiqladi. „Atletiko“ Ernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo u Bundesliganing „Bavariya“ klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. „Atletiko“ nemis klubi Ernandesning tovon pulini 80 million yevroga faollashtirganini aytdi[22]. Myunxenning „Bavariya“ klubi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, Ernandesning o‘ng tizzasidagi medial tanglay bog‘lamining shikastlanishi aniqlangan. 2019-yil 28-mart kuni Ernandes o‘ng tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Operatsiya Ernandesning „Atletiko“dagi mavsumini yakunlashiga olib keldi[23].

Ernandes La Ligada 14 ta, barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

2019-yil 12-oktabr kuni Ernandesning „Atletiko“dagi sobiq bosh murabbiyi Diego Simeone Marca nashriga bergan intervyusida chap qanot himoyachisining „Bavariya“ga ketishi „Atletiko“ga katta zarar yetkazganini aytdi: "Bizni eng ko‘p xafa qilgan narsa bu Lukas edi. „Atletiko“ni bir vaqtning o‘zida tark etib, „Barselona“ga o‘tgan Antuan Grizmanndan ham ko‘proq u muhim oʻyinchi edi[24].

Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 27-martida „Bavariya“ Ernandes 2019-yilning 1-iyulida 80 million yevro evaziga klubga o‘tishini eʼlon qildi va u bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi[25][26]. U 10-avgust kuni DFB-Pokalda Energie Kottbusga qarshi birinchi davra oʻyinida „Bavariya“ safida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[27]. 2020-yil 23-avgust kuni „Bavariya“ jamoadoshlari bilan Ernandes Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi[28].

2020-yil 3-noyabrda Ernandes UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida „Red Bull Zalsburg“ ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda „Bavariya“ safidagi ilk golini kiritdi[29].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernandes 2018-yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida oʻynamoqda

Ernandes 2012-yilning 6-martida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi va 16 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi tarkibida Covercianoda Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. 2014-yilda u 18 va 19 yoshgacha boʻlgan jamoalar safida ham maydonga tushdi. Keyingi yili u oʻz oʻyinlari bilan 2015-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi[30].

2018-yilning mart oyida Ernandes murabbiy Dide Desham tomonidan Kolumbiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirildi[31]. U Parijdagi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatning soʻnggi 14 daqiqasida Lukas Digne oʻrniga maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi[32].

Ernandes 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy oldi[33]. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni Avstraliyaga qarshi (2:1) oʻtkazdi[34] va Fransiyaning turnir davomidagi yettita oʻyinidan oltitasida toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi[35][36].

2021-yil oktabr oyida Belgiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi yarim finali oldidan Lukas birinchi marta ukasii Teo bilan Dide Deshamdan milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Keyinroq ikkalasi 3-4-1-2 sxemasida mos ravishda chap qanot yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdi. Teo 90-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi[37]. Ernandes 2022-yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, biroq Avstraliyaga qarshi guruhdagi birinchi o‘yin boshida tizzasidan jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan boʻldi[38].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernandesning otasi Jan-Fransua ham markaziy himoyachi edi. U asli ispan[39] va Atletiko Madrid safida ham oʻynagan[40]. Ernandesning ukasi Teo ham shu klubda tarbiyalangan va xuddi shu pozitsiyada oʻynagan[41]. 2018-yil oktabr oyida Marca nashriga bergan intervyusida u oilasi otasidan 12 yoki 13 yil davomida xabar olmaganini aytdi[42]. 2022-yilda fransuzning L'Équipe gazetasi 2004-yilda bedarak yo‘qolgan Jan-Fransua Tailandda yashayotganini va uning sobiq sherigi tomonidan bolalarini ko‘rishga qonuniy ravishda to‘siq qo‘ygani aniqlangan[43].

2017-yil 3-fevralda Ernandes qiz doʻstiga[44] zoʻravonlikda ayblanib, hibsga olingan[45]. Ernandes va uning qiz doʻsti Ameliya Llorente ham 31 kunlik jamoat ishlariga joʻnatildi[46][47].

Ernandes oʻsha yilning iyun oyida Llorente bilan asal oyidan qaytib, Madridga birga qoʻnganidan soʻng, cheklov tartibini buzgani uchun yana hibsga olingan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2021-yil 13-oktabrda Ernandes Ispaniya sudi tomonidan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u apellyatsiya berdi va uning oʻrniga toʻrt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va 96 000 yevro jarima toʻlashga majbur boʻldi[48][49][50].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar [51]
Klubdagi oʻyinlar, gollar, mavsum va chempionatlar
Klub Mavsumlar Liga Musobaqa Yevropa Boshqa Umumiy
Divizionlar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Atlético Madrid 2014-15 La Liga 1 0 3 0 0 0 0 0 4 0
2015-16 La Liga 10 0 2 0 4[lower-alpha 1] 0 16 0
2016-17 La Liga 15 0 5 0 4[lower-alpha 1] 0 24 0
2017-18 La Liga 27 0 6 0 11[lower-alpha 2] 0 44 0
2018-19 La Liga 14 1 2 0 5[lower-alpha 1] 0 1[lower-alpha 3] 0 22 1
Umumiy 67 1 18 0 24 0 1 0 110 1
Bayern Munich 2019-20 Bundesliga 19 0 3 0 3[lower-alpha 1] 0 0 0 25 0
2020-21 Bundesliga 23 0 1 0 8[lower-alpha 1] 1 5[lower-alpha 4] 0 37 1
2021-22 Bundesliga 25 0 1 0 8[lower-alpha 1] 0 0 0 34 0
2022-23 Bundesliga 7 0 1 0 2[lower-alpha 1] 1 1[lower-alpha 5] 0 11 1
Umumiy 74 0 6 0 23 2 4 0 107 2
Umumiy koʻrsatkich 141 1 24 0 47 2 5 0 217 3
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Appearances in UEFA Champions League
  2. Three appearances in UEFA Champions League, eight appearances in UEFA Europa League
  3. Appearance in UEFA Super Cup
  4. One appearance in UEFA Super Cup, one appearance in DFL-Supercup, one appearance in FIFA Club World Cup
  5. Appearance in DFL-Supercup

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 22-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar[52]
Terma jamoadagi yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2018 15 0
2019 2 0
2020 5 0
2021 yil 8 0
2022 3 0
Jami 33 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atletiko Madrid

Bavariya

Fransiya

Shaxsiy sovrinlar

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi (2015)[63].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination“ [Decree of 31 December 2018 on promotion and appointment]. Official Journal of the French Republic (in French). 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. Retrieved 28 November 2020.
  2. <templatestyles="Module:></templatestyles>„FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“ (PDF).
  3. <templatestyles="Module:></templatestyles>„Lucas Hernández“.
  4. „Equipe de France – Lucas Hernandez: "Une année incroyable"“ (fr). YouTube. Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
  5. „Suivez la conférence de presse avec N'Golo Kanté et Lucas Hernandez“ (fr). YouTube. Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
  6. „Atlético-Bayern: de la Youth League au dernier carré de la C1, la folle ascension de Lucas Hernandez“ (fr). Eurosport (26-aprel 2016-yil). Qaraldi: 29-mart 2018-yil.
  7. Benson. „My home country is France – Lucas defends Spain snub“. Goal (25-mart 2018-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  8. „Lucas Hernández: el 'jefazo' de la cantera“ (es). Mundo Deportivo (14-iyun 2013-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
  9. „Fútbol: el nuevo fichaje "Rodri" (At. Madrid) y Lucas jugaron juntos en Majadahonda“ (es). Majadahonda Magazin (22-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 31-iyul 2018-yil.
  10. Lechuga. „Lucas Hernández: "Es un sueño poder estar en la convocatoria del primer equipo"“ (es). Vavel (9-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
  11. Liceras, Ángel. „El Atlético saca provecho de su manual de supervivencia“ (es). Marca (10-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
  12. „El Atlético B cayó de penalti en Zubieta“ (es). Atlético Madrid (26-aprel 2014-yil). 11-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
  13. Aznar, Luis. „Lucas, primer 'fichaje'“ (es). Marca (11-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
  14. „L'Hospitalet 0–3 Atletico Madrid: Griezmann and Gabi grind out the win“. Goal (3-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
  15. Malagón, Manuel. „Griezmann fue Diego Costa“ (es). Marca (21-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2014-yil.
  16. „Lucas Hernández renueva hasta el 2019“ (es). Atlético Madrid (10-avgust 2015-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2015-yil.
  17. „Atlético Madrid overcome PSV in lengthy shoot-out“. UEFA (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 15-mart 2016-yil.
  18. „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (28-may 2016-yil). Qaraldi: 30-may 2016-yil.
  19. „Lucas Hernández renews until 2020“. Atlético Madrid. Qaraldi: 5-aprel 2019-yil.
  20. „Atlético win the 2018 Europa League title“. UEFA. Qaraldi: 5-aprel 2019-yil.
  21. „El Atleti se repone en Huesca“ (es). Europa Press (19-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2019-yil.
  22. „Agreement with Bayern Munich over the transfer of Lucas Hernandez for the amount of his buyout clause“. Atlético Madrid. Qaraldi: 5-aprel 2019-yil.
  23. „Lucas Hernández operation successful“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 5-aprel 2019-yil.
  24. „Simeone: Lucas' departure was more painful than Griezmann's“ (11-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2019-yil.
  25. „FC Bayern sign Lucas Hernandez“. FC Bayern Munich (27-mart 2019-yil). Qaraldi: 27-mart 2019-yil.
  26. „Lucas Hernandez: Bayern Munich sign Atletico Madrid's World Cup-winning defender“. BBC Sport (27-mart 2019-yil). Qaraldi: 27-mart 2019-yil.
  27. „Energie Cottbus vs FC Bayern match report“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
  28. McNulty. „Paris St-Germain 0-1 Bayern Munich“. BBC Sport (23-avgust 2020-yil). Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  29. „Salzburg 2–6 Bayern“. UEFA (3-noyabr 2020-yil).
  30. „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (20-iyul 2015-yil). Qaraldi: 2-aprel 2019-yil.
  31. „Wissam Ben Yedder and Lucas Hernandez handed France call-ups“. Kwesé Sports (15-mart 2018-yil). Qaraldi: 16-mart 2018-yil.
  32. „Lucas Hernández hizo su debut con Francia“ (es). El Economista (23-mart 2018-yil). Qaraldi: 24-mart 2018-yil.
  33. Charles. „Alexandre Lacazette and Anthony Martial on standby for France World Cup squad and Dimitri Payet out“. Sky Sports (17-may 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  34. Sutcliffe. „France 2–1 Australia“. BBC Sport (16-iyun 2018-yil). Qaraldi: 16-iyun 2018-yil.
  35. Nabet. „Coupe du monde 2018: Lucas Hernandez, le combattant“ (fr). Le Point (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.
  36. McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC Sport (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.
  37. Onrubia. „El sueño de los Hernández“ (es). as.com (5-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  38. Reuters. „France's Hernandez out of World Cup with knee injury“ (en). Reuters (23-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.
  39. Barrère, Sébastien. „Lucas Hernandez, l'Espagnol à l'accent français“ (fr). La Dépêche du Midi (21-mart 2018-yil). Qaraldi: 1-aprel 2018-yil.
  40. „Lucas, el futuro jefe de la defensa“ (es). ABC (5-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
  41. G. Fuente, Chema. „Theo y Lucas, dos hermanos del Atlético sobre el campo 60 años después“ (es). Mundo Deportivo (6-fevral 2016-yil). Qaraldi: 21-iyul 2016-yil.
  42. „Lucas Hernandez speaks about his father: We've not heard from him for 12 years“. Marca (17-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2018-yil.
  43. „Father of Lucas and Theo Hernandez 'turns up' 18 years later: He's waiting for his children to call him“. Marca (12-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
  44. „Atletico Madrid defender Lucas Hernandez arrested“. BBC Sport (3-fevral 2017-yil). Qaraldi: 3-fevral 2017-yil.
  45. „Así fue la pelea entre Lucas Hernández y su pareja“ (es). Sport (7-fevral 2017-yil). Qaraldi: 9-fevral 2017-yil.
  46. Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (27-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  47. „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (14-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  48. Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (27-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  49. „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (14-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  50. „Lucas Hernandez: France defender gets six-month jail term“ (en-GB). BBC News (13-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.
  51. „L. Hernández“. Soccerway. Qaraldi: 1-may 2017-yil.
  52. „Lucas Hernández“. EU-Football.info. Qaraldi: 29-mart 2018-yil.
  53. Hafez. „Marseille 0–0 Atlético Madrid“. BBC Sport (16-may 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  54. Sanders. „Real Madrid 2–4 Atlético Madrid“. BBC Sport (15-avgust 2018-yil). Qaraldi: 16-avgust 2018-yil.
  55. „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (28-may 2016-yil). Qaraldi: 30-may 2016-yil.
  56. „Bayern Munich secure eighth successive Bundesliga title with win at Werder Bremen“. bundesliga.com (16-iyun 2020-yil). Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.
  57. „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. bundesliga.com (8-may 2021-yil). Qaraldi: 8-may 2021-yil.
  58. „Bayern win the Champions League“. ESPN (23-iyul 2020-yil). Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  59. „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (de). kicker.de (24-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  60. „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (11-fevral 2021-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  61. „France 4–2 Croatia: Line-ups“. FIFA. 12-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyun 2019-yil.
  62. „France beat Spain to win Nations League“. UEFA (10-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  63. „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (20-iyul 2015-yil). Qaraldi: 2-aprel 2019-yil.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]