Steve Mandanda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Steve Mandanda
Steve Mandanda 2018.jpg
Mandanda 2018-yilda Fransiya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Steve Mandanda Mpidi[1]
Tavallud sanasi 28-mart 1985-yil (1985-03-28) (37 yosh)[2]
Tavallud joyi Kinshasa, Zaire
Boʻyi 1.87 m[3]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rennes
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—2000 ALM Évreux
2000—2005 Le Havre
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2008 Le Havre 67 (0)
2007—2008Marseille (ijara) 34 (0)
2008—2016 Marseille 300 (0)
2016—2017 Crystal Palace 9 (0)
2017—2022 Marseille 135 (0)
2022— Rennes 13 (0)
Milliy terma jamoa
2004—2006 Fransiya 21 yoshgacha 17 (0)
2008 Fransiya B 2 (0)
2008— Fransiya 35 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-noyabr 2022-yil uchun)

Steve Mandanda Mpidi (Fransuzcha talaffuzi: stɛv mɑ̃dɑ̃da, Stiv Mandanda Mpidi[4]; 1985-yil 28-martda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi. U Liga 1ning Rennes klubi va Fransiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Mandanda professional faoliyatining katta qismini Marseilleda oʻtkazgan, klub safida ikki marta oʻynab, barcha musobaqalarda 600 tadan ortiq oʻyin oʻtkazdi va 5 marta Liga 1da yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

2008-yildagi debyutidan beri Mandanda Fransiyani oltita xalqaro turnirda himoya qildi: to‘rtta UEFA Yevropa chempionati (2008, 2012, 2016 va 2020) va uchta FIFA Jahon kubogi (2010, 2018, 2022; 2018-yilgi turnirda g‘olib chiqqan).

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandanda 1985-yil 28-martda Kongo Demokratik Respublikasining Kinshasa shahrida (o‘sha paytda Zaire) tug‘ilgan, ammo u ikki yoshida oilasi bilan Fransiyaning Évreux shahriga ko‘chib o‘tgan. Mandanda toʻqqiz yoshida mahalliy ALM Évreux jamoasiga qoʻshilishdan oldin boks bilan shugʻullangan[5].

Le Havre[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandanda 2005-yilning avgustida Le Havre safida ligadagi debyutini oʻtkazdi va toʻrtinchi oʻyingacha gol oʻtkazib yubormadi. U 2005—2006-yilgi mavsumda 30 ta, 2006—2007-yilgi mavsumda esa 37 ta oʻyin oʻtkazgan va oʻyinlari bilan boshqa klublar eʼtiborini tortgan. Mandanda 2007—2008-yilgi mavsum oldidan Aston Villadagi muvaffaqiyatsiz sinovdan soʻng[6], 2007-yilning yozida Marseillega qoʻshildi.

Olympique de Marseille[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandanda 2010-yilda Marseille bilan

Marseilledagi birinchi mavsumining boshida Mandanda birinchi tanlov darvozaboni Cedric Carrassoning yordamchisi sifatida oʻynagan. Biroq tizzasidan olgan jarohati Carrasso olti oyga safdan chiqdi va bu Mandandaning Liga 1, Chempionlar ligasi hamda UEFA kubogi oʻyinlarida muntazam oʻyin oʻtkazishiga olib keldi. 2008-yilning 5-martida Mandanda doimiy toʻrt yillik shartnoma asosida Marseillega qoʻshildi.

Marseilledagi soʻnggi mavsumi yakunida u klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mandadnda 2007—2008-yilgi oʻyinlarida ikkinchi marta bu mukofotni qoʻlga kiritgan[7].

Crystal Palace[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 1-iyulida Premyer liganing Crystal Palace klubi Marseilleda oʻynovchi Mandanda bilan tekinga shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8]. Mandanda mavsumning koʻp qismida jarohat olib, yaxshi taassurot qoldirish uchun kurashdi. U bor yoʻgʻi 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan[9].

Marseillega qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 11-iyulida Mandanda 3 million yevro evaziga uch yillik shartnoma asosida Olympique de Marseillega qaytdi[10].

2018-yilning 22-dekabrida Mandanda Marseille uchun 500-uchrashuvini o‘tkazdi va Angerga qarshi 1:1 hisobida durang o‘ynadi[11]. 2020-yil 25-avgustda 35 yoshida u shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirdi[12].

Stade Rennais[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 6-iyulda Stade Rennais Mandanda bilan ikki yillik shartnoma imzolanganini eʼlon qildi[13].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eric Abidal va Mandanda (oʻngda) 2010-yilda Fransiya terma jamoasi safida

Mandanda Fransiyaning 21 yoshgacha boʻlganlar milliy terma jamoasida bir qancha oʻyinlarda gʻalaba qozongan va 2006-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchun Fransiya terma jamoasiga kiritilgan.

Birinchi marta 2007-yilda u Fransiya A-guruhiga oldindan saralashda ishtirok etgan[14].

Mnadanda 2008-yil 5-fevral kuni Fransiya B guruhi bilan Kongo DRga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi, o‘yinda u tanaffusda almashtirildi. Mandanda xalqaro maydondagi debyutini 2008-yilning 27-mayida Euro 2008 doirasidagi Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik o‘yinda (2:0) o‘tkazdi, Sebastien Freyning o‘rniga yarim o‘yinda maydonga tushgan va keyin Fransiyaning Avstriya va Shveysariyadagi turnir uchun tarkibida uchinchi darvozabon sifatida nomzod bo‘lgan[15].

Mandanda 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlarini Fransiya terma jamoasining birinchi darvozaboni sifatida boshladi va 2008-yil 6-sentyabrda Avstriyaga qarshi saralash oʻyinida xalqaro debyut qildi. Biroq, u 2009-yilning yozida almashtirildi, chunki Raymond Domenech xalqaro oʻn birlik tarkib uchun oʻz oʻrniga Olympique Lyonnais darvozaboni Hugo Llorisni tanladi. Mandanda Fransiyaning Jahon chempionati terma jamoasi aʼzosi bo‘lgan, biroq musobaqadagi 3 ta o‘yinning birortasida ham maydonga tushmagan.

2011-yil 6-iyunda Mandanda Donbass Arenada boʻlgan Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, fransuzlarga sardorlik qildi[16]. U Polsha va Ukrainada boʻlib oʻtadigan UEFA Euro 2012 musobaqasiga chaqirilgan[17].

Mandanda dastlab 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoaga kiritilgan edi, ammo turnir oldidan jarohat olgan va uning oʻrniga Saint-Etienne jamoasidan Stephane Ruffier tayinlangan[18]. Mandanda oʻz maydonida UEFA Euro 2016da ikkinchi oʻrinni egallagan jamoaning bir qismi edi[19].

Mandanda 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida g‘olib chiqqan Fransiya terma jamoasining 23 nafar futbolchisidan biri edi. U 33 yoshida Daniyaga qarshi guruhdagi oʻyinini golsiz oʻtkazdi[20].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 12-noyabr holatiga koʻra[21][22]:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Le Havre 2005—2006 Liga 2 30 0 0 0 2 0 32 0
2006—2007 Liga 2 37 0 1 0 1 0 38 0
Jami 67 0 1 0 3 0 70 0
Marseille 2007—2008 (ijara) Liga 1 34 0 2 0 2 0 10 0 48 0
2008—2009 Liga 1 38 0 2 0 1 0 14 0 55 0
2009—2010 Liga 1 36 0 2 0 2 0 10 0 50 0
2010—2011 Liga 1 38 0 0 0 3 0 8 0 1 0 50 0
2011—2012 Liga 1 38 0 2 0 2 0 9 0 1 0 52 0
2012—2013 Liga 1 38 0 3 0 1 0 9 0 51 0
2013—2014 Liga 1 38 0 1 0 2 0 6 0 47 0
2014—2015 Liga 1 38 0 0 0 0 0 38 0
2015—2016 Liga 1 36 0 6 0 0 0 8 0 50 0
Jami 334 0 18 0 13 0 74 0 2 0 441 0
Crystal Palace 2016—2017 Premyer liga 9 0 0 0 1 0 10 0
Marseille 2017—2018 Liga 1 31 0 3 0 0 0 11 0 45 0
2018—2019 Liga 1 31 0 1 0 1 0 1 0 34 0
2019—2020 Liga 1 27 0 1 0 1 0 29 0
2020—2021 Liga 1 37 0 0 0 6 0 1 0 44 0
2021—2022 Liga 1 9 0 2 0 9 0 20 0
Jami 135 0 7 0 2 0 27 0 1 0 172 0
Rennes 2022—2023 Liga 1 13 0 0 0 5 0 18 0
Faoliyati jami 558 0 26 0 19 0 106 0 3 0 712 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 30-noyabr holatiga koʻra[23][24]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Fransiya 2008-yil 3 0
2009-yil 2 0
2010-yil 8 0
2011-yil 1 0
2012-yil 1 0
2013-yil 1 0
2014-yil 3 0
2015-yil 2 0
2016-yil 3 0
2017-yil 2 0
2018-yil 2 0
2019-yil 4 0
2020-yil 2 0
2021-yil 0 0
2022-yil 1 0
Jami 35 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marseille

Fransiya

Individual

  • Tulon turnirining eng yaxshi darvozaboni: 2005[33]
  • UNFP Liga 1da oyning eng yaxshi futbolchisi: 2008-yil fevral, 2008-yil avgust, 2017-yil sentyabr 
  • UNFP Liga 1da yilning eng yaxshi darvozaboni: 2007—2008, 2010—2011, 2014—2015, 2015—2016, 2017—2018[34]
  • UNFP Liga 1da „Yil jamoasi“: 2007—2008, 2010—2011, 2014—2015, 2015—2016, 2017—2018[34]
  • Marseilledagi mavsumning eng yaxshi olimpiyachisi: 2007—2008, 2015—2016[7]

Ordenlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squad List: FIFA World Cup Qatar 2022: France (FRA)“. FIFA (15-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2022-yil.
  2. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  3. „Steve Mandanda“ (web). Olympic of Marseille. 5-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  4. OM. „Steve Mandanda bests saves 2018“ (fr). YouTube (25-mart 2018-yil). 21-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-oktabr 2018-yil.
  5. „Biographie de Steve Mandanda“ (fr). stevemandanda.net. 7-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  6. „France goalkeeper in Aston Villa trial“. 22-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  7. 7,0 7,1 Daurès, Camille. „Mandanda, Olympian of the 2015-16 season“. Olympique de Marseille (1-iyun 2016-yil). Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
  8. „Mandanda Pens Crystal Palace Deal“. Crystal Palace Football Club (1-iyul 2016-yil). Qaraldi: 1-iyul 2016-yil.
  9. Steve Mandanda, Soccerway.
  10. „Mandanda Departs Palace“. Crystal Palace F.C. (11-iyul 2017-yil). Qaraldi: 11-iyul 2017-yil.
  11. Albano, Mario. „Angers-OM - Steve Mandanda : cap 500“ (fr). La Provence (22-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  12. „Veteran Marseille captain Mandanda extends contract to 2024“. Yahoo! (26-avgust 2020-yil). Qaraldi: 26-avgust 2020-yil.
  13. „STEVE MANDANDA EST ROUGE ET NOIR !“ (fr). staderennais.com. Stade Rennais (6-iyul 2022-yil). Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  14. „List of the pre-selected players in the french A-squad in the season 2007–2008“ (fr). 28-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  15. Duchesne, Vincent. „Mandanda a poussé la porte“ (fr). Le Figaro (28-may 2008-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  16. „TEAM NEWS: Jeremy Menez starts for France against Ukraine“. Goal (6-iyun 2011-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  17. „Euro 2012: Younes Kaboul misses out on France squad“. BBC Sport (15-may 2012-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  18. „World Cup 2014: Stephane Ruffier confirmed in France squad“. BBC Sport (3-iyun 2014-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  19. „Euro 2016: Leicester's N'Golo Kante in France squad“. BBC Sport (12-may 2016-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  20. „Finally: French reserve keeper Mandanda gets a game“. Reuters (26-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  21. „Steve Mandanda“ (fr). L'Equipe. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
  22. „S. Mandanda“. Soccerway. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
  23. Steve Mandanda National-Football-Teams.comda
  24. „S. Mandanda“. Soccerway. Qaraldi: 12-iyul 2016-yil.
  25. „Olympique de Marseille 2009-10“. bdfutbol.com. Qaraldi: 5-mart 2021-yil.
  26. „MARSEILLE – BORDEAUX : LES COMPOS, LAURENT BLANC MET SON ÉQUIPE TYPE“. rmcsport.bfmtv.com. Qaraldi: 5-mart 2021-yil.
  27. „COUPE DE LA LIGUE FINALE“. eurosport.fr (23-aprel 2011-yil). Qaraldi: 5-mart 2021-yil.
  28. „CdL - Lyon - Marseille, les clés du match“. goal.com. Qaraldi: 5-mart 2021-yil.
  29. „Résultat et résumé Marseille - Paris-SG, Trophée des Champions, Trophée des Champions, Mercredi 28 Juillet 2010“. lequipe.fr. Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  30. „Résultat et résumé Lille - Marseille, Trophée des Champions, Trophée des Champions, Mercredi 27 Juillet 2011“. lequipe.fr. Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  31. Begley. „Atletico Madrid win Europa League with 3–0 victory over Marseille“. BBC Sport (16-may 2018-yil). Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
  32. McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC Sport (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.
  33. „Youthful talents convene in Toulon“. Eurosport (1-iyun 2005-yil). Qaraldi: 3-yanvar 2016-yil.
  34. 34,0 34,1 „Trophées UNFP : Steve Mandanda désigné meilleur gardien de Ligue 1“ (fr). L'Équipe (13-may 2018-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  35. "Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination [Decree of 31 December 2018 on promotion and appointment]" (fr). Official Journal of the French Republic 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000037909703. Qaraldi: 28 November 2020. Steve Mandanda]]