Marcus Thuram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marcus Thuram
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcus Lilian Thuram-Ulien[1]
Tavallud sanasi 6-avgust 1997-yil (1997-08-06) (26 yosh)[2]
Tavallud joyi Parma, Italiya
Boʻyi 1.92 m[3]
Ampluasi Hujumchi / Winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Mönchengladbach
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007-2010 Olympique de Neuilly
2010-2012 Boulogne-Billancourt
2012-2014 Sochaux
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2017 Sochaux II 38 (6)
2015-2017 Sochaux 37 (1)
2017-2019 Guingamp 64 (12)
2019- Borussia Mönchengladbach 106 (33)
Milliy terma jamoa
2014 France U17 4 (1)
2014-2015 France U18 5 (2)
2015-2016 France U19 15 (3)
2016-2017 France U20 11 (3)
2019 France U21 5 (0)
2020- France 10 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-aprel uchun)

Marcus Lilian Thuram-Ulien (1997-yil 6-avgustda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing Borussiya Myunxengladbax klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi[4]. Marcus Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli hisoblanadi.

U oʻzining professional faoliyatini Sochaux klubi safida boshlagan. Liga 2ning uchta mavsumida maydonda harakat qilgan, ikki yilni Liga 1 jamoasi Guingamp safida oʻtkazgan. 2019-yilda Myunxengladbaxning „Borussiya“ klubiga 12 million yevro evaziga transfer qilingan.

Thuram 2020-yilda Fransiya terma jamoasi safida oʻz debyutini o‘tkazdi. Terma jamoasi safida UEFA Euro 2020 va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida harakat qilgan va ikkala musobaqada ham uning jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thuram oʻzining professional faoliyatini „Sochaux“ klubida boshlagan. U yerda „Youth Academy“ klubida oʻynagan. Liga 2dagi debyutini 2015-yil 20-mart kuni Chateauroux jamoasiga qarshi oʻyinda 83-daqiqada Edouard Butin o‘rniga maydonga tushib oʻtkazdi[5]. „Sochaux“ tarkibida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq boʻlgan (2017-yil 14-aprelda „Tours“ klubiga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan)[6].

Guingamp[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 5-iyul kuni Thuram nomaʼlum to‘lov evaziga Liga 1ning Guingamp klubi safiga o‘tdi[7]. 2018-yil avgust oyida otasining futbolchilik faoliyatidagi jamoadoshi, Parma, Yuventus va PSJ darvozaboni Gianluigi Buffonga qarshi oʻynaganligi uchun koʻplab muxlislar eʼtiborini tortdi[8].

Thuram 2019-yilning 9-yanvar kuni Parc des Princes oʻyingohida PSJ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) penalti ishlashga erishdi va buning natijasida uning jamoasi keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[9]. Yigirma kundan so‘ng yarim final bosqichida „Monaco“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:2) hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi. Penaltilar seriyasida uning tepgan toʻpini Danijel Subasic bartaraf etdi, lekin shunga qaramay, Guingamp kelasi bosqichga yoʻl oldi[10].

Borussiya Myunxengladbax[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-2020-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 22-iyul kuni Myunxengladbaxning Borussiya klubi Thuram bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bu transfer uchun klub Guingampga 12 million yevro miqdorda pul toʻladi[11]. Unga Dortmundning „Borussiya“ klubiga oʻtgan Thorgan Hazardning 10-raqami berildi.

Thuram Gladbach safidagi debyutini 9-avgust kuni DFB-Pokal jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[12]. Bundesligadagi ilk golini 22-sentabr kuni oʻzining beshinchi o‘yinida „Fortuna Dusseldorf“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi[13].

2020-yil 31-may kuni Thuram Union Berlin klubi darvozasiga ikkita gol kiritishga erishdi. U oʻyindagi birinchi golini George Floydning oʻldirilishi ortidan AQSHda davom etayotgan norozilik namoyishlariga bagʻishladi[14].

2021-[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 27-oktabr kuni Thuram UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Real Madrid" jamoasi bilan kechgan oʻyinda (2:2) ikkita gol urdi[15]. 19-dekabr kuni Thuram „Hoffenheim“ klubiga qarshi oʻyinda raqibi Stefan Poschning yuziga tupurgani uchun maydondan chetlatildi[16], natijada olti oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi va 40 000 evro jarimaga tortildi[17].

Marcus Bundesliganing 2021-2022-yilgi mavsumidagi dastlabki 15 ta oʻyinida gol ura olmadi[18]. Faqatgina „Wolfsburg“, „Stuttgart“ va „Greuther Furth“ klublari darvozasiga bittadan gol ura oldi.

2022-yil noyabr holatiga koʻra, Thuram Bundesliganing 15 oʻyinida 10 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va bu uning debyut mavsumidan buyon eng yaxshi koʻrsatkichlaridan biri edi[19].

Terma jamoa safidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thuram 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida Fransiya U19 terma jamoasi bilan gʻolib boʻldi. 2020-yilning noyabr oyida Finlandiya, Portugaliya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlar oldidan birinchi marotaba milliy terma jamoa safiga chaqirildi[20]. 11-noyabr kuni finlarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida „Stade de France“ stadionida uning jamoasi 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi[21]. 2021-yilning may oyida UEFA Euro 2020 musobaqasi uchun ham chaqiruv oldi[22].

2022-yilning 14-noyabrida Thuram 2022-yilgi Jahon chempionatiga ham chaqiruv oldi[23]. Argentinaga qarshi final oʻyinida u va Randal Kolo Muani Ousmane Dembele va Olivier Giroud o‘rniga maydonga tushdi. Asosiy vaqt oxirida Kylian Mbappening hisobni tenglashtirgan goliga oʻz hissasini qoʻshdi. Oʻyin davomida jarima maydonchasi ichida qoʻpollik ishlatganligi uchun sariq kartochka oldi. Yakunda Fransiya 3:3 hisobida durang oʻynab penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi[24].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thuram sobiq fransuz terma jamoasi futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli va professional futbolchi Khéphren Thuramning akasi hisoblanadi[25]. Italiyaning Parma shahrida tugʻilgan va uning ismi yamaykalik Marcus Garvey sharafiga qoʻyilgan[8][26]. Otasi "Juventus" va "Barselona" safida harakat qilganiga qaramay, u bolaligidan "Milan „ va “Real Madrid" klubi muxlisi boʻlgan[27].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 2-aprelgacha bo'lgan o'yinlar[28][29]
Klublar safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Divizyon Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Sochaux II 2013-14 CFA 4 0 4 0
2014-15 CFA 19 3 19 3
2015-16 CFA 9 0 9 0
2016-17 CFA 2 6 3 6 3
Jami 38 6 38 6
Sochaux 2014-15 Ligue 2 1 0 0 0 0 0 1 0
2015-16 Ligue 2 15 0 3 0 1 0 19 0
2016-17 Ligue 2 21 1 0 0 2 0 23 1
Jami 37 1 3 0 3 0 43 1
Guingamp 2017-18 Ligue 1 32 3 2 1 0 0 34 4
2018-19 Ligue 1 32 9 3 2 3 2 38 13
Jami 64 12 5 3 3 2 72 17
Borussia Mönchengladbach 2019-20 Bundesliga 31 10 2 2 6[lower-alpha 1] 2 39 14
2020-21 Bundesliga 29 8 3 1 8[lower-alpha 2] 2 40 11
2021-22 Bundesliga 21 3 2 0 23 3
2022-23 Bundesliga 25 12 2 3 27 15
Jami 106 33 9 6 14 4 129 43
Umumiy statistika 245 52 17 9 6 2 14 4 282 67

Terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 27-martgacha bo'lgan o'yinlar[30]
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2020 3 0
2021 1 0
2022 5 0
2023 1 0
Jami 10 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya U19

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2016[31]

Fransiya

Shaxsiy

  • Bundesligada oyning eng yaxshi yangi futbolchisi: 2019-yil sentabr, 2019-yil oktabr, 2019 yil noyabr[33]

== Izohlar ==

  1. Appearances in UEFA Europa League
  2. Appearances in UEFA Champions League

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA U-20 World Cup Korea Republic 2017: List of Players: France“. FIFA (2017-yil 11-iyun). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Marcus Thuram: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  3. „Marcus Thuram“. Borussia Mönchengladbach. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  4. „Marcus Thuram signs for Borussia Mönchengladbach from Guingamp“. bundesliga.com (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
  5. „FC Sochaux vs. Châteauroux - 20 March 2015 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel.
  6. „Sochaux encore à côté de la plaque…“. Est-Republicain (2017-yil 15-aprel). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  7. „Marcus Thuram, c'est fait !“. Le Télégramme (2017-yil 5-iyul). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  8. 8,0 8,1 „Gianluigi Buffon faces Marcus Thuram, son of former team-mate Lilian Thuram“. BBC Sport (2018-yil 19-avgust). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  9. Lermusieaux, Jocelyn. „PSG-Guingamp : Marcus Thuram a eu du cran pour tirer son deuxième penalty“ (fr). L'Équipe (2019-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  10. „Monaco lose on penalties at Guingamp in Jardim's 1st match“. Associated Press (2019-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  11. „Transferts : Marcus Thuram (Guingamp) s'engage avec Mönchengladbach (officiel)“. L'Équipe (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
  12. „Borussia battle to DFB-Pokal second round“. Borussia Mönchengladbach (2019-yil 9-avgust). 2020-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  13. Brassell, Andy. „Marcus Thuram's derby double lifts Gladbach from European humiliation“. The Guardian (2019-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  14. „Gladbach's Marcus Thuram dedicates goal to U.S. protests“. ESPN (2020-yil 31-may). Qaraldi: 2020-yil 31-may.
  15. „Mönchengladbach 2-2 Real Madrid“. UEFA (2020-yil 27-oktyabr).
  16. „Gladbach's Thuram sent off for spitting in opponent's face“. Seattle Times (2020-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  17. „Gladbach's Marcus Thuram handed six-match ban for spitting at opponent“. The Guardian (2020-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  18. Danny Owen. „No goals, no assists: £21m striker in nightmare season after Spurs talks“. HITC (2022-yil 14-fevral).
  19. „Thuram thriving in Farke's quiet revolution“. Deutsche Welle (2022-yil 15-oktyabr).
  20. Bacon, Jake. „Borussia Monchengladbach star Marcus Thuram receives first senior France call-up… 12 years after dad Lilian retired“. Talksport (2020-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
  21. „Finland beat France to ruin Marcus Thuram's debut“. France 24 (2020-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
  22. „Benzema makes surprise return to French squad for European Championship after exile for blackmail“. France 24 (2021-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  23. „Marcus Thuram appelé en équipe de France pour la Coupe du monde“ (fr). L'Équipe (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  24. McNulty, Phil. „Argentina 3–3 France“. BBC Sport (2022-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  25. Newman. „Marcus Thuram (17), son of Barca hero Lilian Thuram, scored the winner in a cup final on Saturday“. 101 Great Goals (2015-yil 30-mart). 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  26. „L'histoire des premiers noirs dans le sport français“ (fr-FR). France Inter. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
  27. „Monchengladbach star reveals why he supported Milan as a child over Juventus or Inter“ (2020-yil 20-oktyabr).
  28. Marcus Thuram Soccerway saytida. Qaralgan sana: 16 April 2015.
  29. Marcus Thuram FootballDatabase.eu saytida
  30. „Marcus Thuram“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
  31. Da Silva, Damien. „Euro (U19) : l'équipe de France humilie l'Italie et remporte le tournoi !“ (French). Maxi Foot (2016-yil 24-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
  32. McNulty, Phil. „Argentina 3–3 France“. BBC Sport (2022-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  33. „Bundesliga Rookie Award“. Bundesliga. 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]