Kylian Mbappé

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kylian Mbappé
Mbappé
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kylian Mbappé Lottin[1]
Tavallud sanasi 20-dekabr 1998-yil (1998-12-20) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Paris, France
Boʻyi 1.78 m[3]
Ampluasi Forward
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2013 Bondy
2013-2015 Monaco
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2016 Monaco II 12 (4)
2015-2018 Monaco 41 (16)
2017-2018Paris Saint-Germain (loan) 27 (13)
2018- Paris Saint-Germain 115 (106)
Milliy terma jamoa
2014 France U17 2 (0)
2016 France U19 11 (7)
2017- France 57 (27)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21 may uchun)

Kylian Mbappé Lottin (fransuzcha talaffuzi: ​[kiljan (ɛ)mbape lɔtɛ̃] ; 1998-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Liga 1 klubi Parij Sen-Jermen va Fransiya terma jamoasi forvardi sifatida toʻp suradi. U dunyoning eng yaxshi va eng koʻp maosh oluvchi futbolchilaridan biri sanaladi[4]. U oʻzining dribling qobiliyati, ajoyib tezligi va vaziyatlarni hal qilish qobiliyati bilan nom qozongan.

Mbappe oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2015-yilda 16 yoshida professional debyut bilan Liga 1ning „Monako“ klubida boshlagan. U jamoa bilan Liga 1 chempioni, Liga 1da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va Golden Boy mukofotini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda u ligadagi raqibi Parij Sen-Jermen (PSJ) bilan dastlabki ijara shartnomasini imzoladi, u 2018-yilda 180 million yevro va bonuslar evaziga PSJga transfer qilindi, ushbu transfer uni ikkinchi eng qimmat futbolchi va eng qimmat o‘smirga aylantirdi[5]. PSJ Mbappening katta mehnati evaziga toʻrt marotaba Ligue 1 va uch karra Coupe de France chempionligini qoʻlga kiritdi; u, shuningdek, klubning 2020-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan oʻyinchisi edi. Hozirda u PSJ tarixidagi eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchi boʻlib turibdi.

Xalqaro miqyosda Mbappe 2017-yili 18 yoshida Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan. 2018 yilgi FIFA Jahon chempionatida Mbappe jahon chempionatida gol urgan eng yosh franssuz futbolchisiga aylandi va Peledan keyin Jahon chempionati finalida gol urgan ikkinchi oʻsmirga aylandi. Fransiya zafar quchgan turnirda u toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi va ushbu harakatlari uchun eng yaxshi yosh oʻyinchi va Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini oldi.

Mbappening nomi 2018- va 2019-yillarda FIFA FIFPro World11, 2018-yilda UEFA yilning eng yaxshi jamoasi va 2016-17, 2019-20, 2020-21 va 2021-22-yillarda UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi tarkibiga kiritilgan. U 2021-yilda Globe Soccer tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi. PSJda uch marta Liga 1ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va ketma-ket toʻrt mavsum davomida Liga 1ning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mbappe Parijda tugʻilgan[6] va Parij markazidan 10.9 km uzoqlikdagi Bondi, Sen-Sent-Denis kommunasida voyaga yetgan[7]. Uning otasi Uilfrid asli kamerunlik boʻlib, Mbappening agenti va futbol boʻyicha ilk ustozi, onasi Fayza Lamari esa asli jazoirlik Kabiledan boʻlib, sobiq gandbolchi hisoblanadi[8][9]. Uning Itan ismli ukasi bor, u 2018-yilda Parijning U-12 jamoasida oʻynagan[10][11]. Mbappening asrab olingan akasi Jirès Kembo Ekoko ham professional futbolchi[12]. Kilian Mbappe bolaligida Bondidagi xususiy katolik maktabiga boradi, u qobiliyatli, ammo quloqsiz edi[13]. Uning bolalikdagi kumirlari Zinedin Zidan, Ronaldu Nazario va Krishtianu Ronaldu edi[14][15]. Bolaligida bir muddat uning butun oilasi bilan "Milan"ga muxlislik qilgan enagasi boʻlgan, enaga Mbappega Robinyoning 70-raqamli futbolkasini sovgʻa qiladi[16][17]. Biroq, uning sevimli jamoasi har doim "Real Madrid" boʻlgan[18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kylian Mbappé: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 28-noyabr 2020-yil.
  2. „Kylian Mbappé: Overview“. ESPN. 21-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  3. „Kylian Mbappé“. Paris Saint-Germain F.C.. 23-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  4. „Kylian Mbappe: LaLiga criticises 'scandalous' deal to make PSG star world's highest paid footballer“.
  5. „PSG trigger Kylian Mbappe's permanent transfer from Monaco“. ESPN (19-fevral 2018-yil). Qaraldi: 19-fevral 2018-yil.
  6. „Kylian Mbappé“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  7. Laurens. „Ready to take over from Messi and Ronaldo? Why Kylian Mbappe could define the next era of football“. FourFourTwo. Future (15-aprel 2020-yil). 23-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  8. „Qui est la mère de Mbappé ? L'Algérienne originaire de Kabylie ?“ (fr). Dzair Daily (26-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 23-fevral 2022-yil.
  9. Kindzeka, Moki Edwin. „Cameroon Football Fans Cheer for French Player with Ties to Africa“. Voice of America. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  10. „Brother of PSG star scores on his debut“. Pulse. Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.
  11. „Coupe de la Ligue: Un joueur avec des origines Algériennes marque un triplé“. Dzballon (15 dekabr). 29-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
  12. JDD. „Le jeune monégasque Mbappé sur les traces de Thierry Henry“ (20-dekabr 2015-yil). 1-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2018-yil.
  13. Patrelle. „10 trucs que l'on a appris sur Kylian Mbappé dans le docu "Kylian, hors normes" de L'Équipe“ (fr-FR). GQ France (7-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  14. Garcia. „PSG's Kylian Mbappe: Real Madrid's Cristiano Ronaldo was childhood 'idol'“. ESPN (27-dekabr 2017-yil). 27-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2017-yil.
  15. „Why Young Kylian Mbappe Spurned Chelsea and Real Madrid“. Bleacher Report. Turner. Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.
  16. „Mbappe: When I was young I supported AC Milan“. Marca (24-may 2022-yil). Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  17. „Ligue 1: Mbappé: "De pequeño animaba al Milan"“. Marca (24-may 2022-yil). Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  18. „L'infanzia rossonera di Mbappé: 'Gli regalammo una maglia di Robinho, ma diceva che avrebbe giocato nel Real'“ (it). calciomercato.com (5-iyun 2022-yil).