Ibrahima Konaté

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Ibrahima Konaté
Liverpool FC gegen 1. FSV Mainz 05 (Testspiel 23. Juli 2021) 15 (cropped).jpg
Konaté playing for Liverpool in 2021
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ibrahima Konaté[1]
Tavallud sanasi 25-may 1999-yil (1999-05-25) (23 yosh)[2]
Tavallud joyi Paris, Fransiya
Boʻyi 1.94 m[3]
Ampluasi Centre-back[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpool
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-2014 Paris FC
2014-2017 Sochaux
Professional karyerasi*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2017-yillar Sochaux B 9 (1)
2017-yil Sochaux 12 (1)
2017-2021-yillar RB Leipzig 66 (2)
2021-yil Liverpool 11 (0)
Milliy terma jamoa
2014-2015-yillar Fransiya U16 12 (2)
2015-2016-yillar Fransiya U17 7 (0)
2017-yil Fransiya U19 1 (0)
2018-yil Fransiya U20 1 (0)
2019-2021-yillar Fransiya U21 13 (0)
2022-yil Fransiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22 may uchun)


Ibrahima Konaté (1999-yil 25-mayda tugʻilgan) — frantsuz professional futbolchisi, Premer-liganing „ Liverpul“ klubi va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Juda erta katta futbolga qoʻshilgan boʻlsa ham iqtedorli futbolchi hisoblanadi.

Sosho jamoasi bilan futbolni boshlangan Konate 2017-yilda RB Leyptsigga oʻtdi. Klub bilan toʻrt yillik ishlagandan soʻng, „Liverpul“ uni 2021-yilda 36 million funt sterling evaziga sotib oldi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konate Parijda tugʻilgan. [5] U Parijning 11-okrugidagi kengash mulkida oʻsgan va Malidan kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan[6][7]. U musulmon dinidadir[8]. Futboldan tashqari, Konate anime va manga muxlisi boʻlib, Titanga hujumni oʻzining sevimli seriali deb hisoblaydi[9].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erta mashxurlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konate Parijning 11- okrugida oʻsgan va oʻsmirlik davrida Parij FK yoshlar jamoalarida oʻynagan[10]. 14 yoshida u Soshoga joʻnab ketdi va 15 yoshida ularning internat akademiyasiga kirdi[11]. U himoyaga oʻtishdan oldin oʻz faoliyatini hujumchi sifatida boshlagan. Ammo uning gavdasi va bosh bilan oʻynash texnikasi himoyachilardek edi.

Socho klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konate 2017-yilning 7-fevralida 16 yoshida " Oser "ga qarshi Liga 2da " Sosho „ safida professional debyut qilgan[12].

RB Leyptsig klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muvaffaqiyatli debyut mavsumidan soʻng, yarim mavsumda 12 oʻyin va 1 gol urgan Konate 2017-yilning 12-iyunida Bundesligada RB Leyptsigga bepul transfer orqali besh yillik shartnoma asosida qoʻshildi[13][14][15][16].

Liverpul klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 28-mayida “Liverpul" „ RB Leyptsig“ bilan Konateni 1-iyulda sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi[17]. Klub aprel oyida futbolchi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan [18] va 2021-yilning may oyida uning tovon puli taxminan 36 million funt sterlingni tashkil qilgan[19]. 18-sentabr kuni Konate Premer-ligada Virjil van Deyk bilan birga debyut qildi va " Kristal Pelas "ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. [20] U mavsumning ikkinchi boshlanishini Virjil van Deyk bilan birga mavsumning birinchi shimoliy-gʻarbiy derbisida boshladi, unda „Liverpul“ „Manchester Yunayted“ni 5:0 hisobida magʻlub etdi. Bu 1895-yildan beri „Liverpul“ning „Yunayted“ga etkazilgan eng ogʻir magʻlubiyati va „Yunayted“ 1955-yildan beri gol ura olmagan eng ogʻir magʻlubiyatdir[21]. Konate Krishtianu Ronaldu va Bruno Fernandes kabi yulduz futbolchilar bilan qanday muomala qilgani „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda namoyon boʻldi[22].

2022-yilning 5-aprelida Konate „Liverpul“ safidagi ilk golini UEFA Chempionlar Ligasi chorak final o‘yinida „Benfika“ jamoasiga qarshi safarda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda urdi[23].

Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konate jarohati tufayli Rafael Varan oʻrniga UEFA Millatlar Ligasi uchun 2022-yilning 4-iyunida kattalar jamoasiga birinchi chaqiruv oldi[24][25]. U avval Fransiya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan[26][27].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konate 2019 yilda „RB Leyptsig“da oʻynaydi

Konate oʻzining pozitsion oʻyini, kurashi, tezligi va kuchi tufayli Virjil van Deyk bilan solishtirildi[28][29]. Gvido Schafer shunday dedi: „U baland boʻyli, tezkor, texnikasi yaxshi va u Virjil van Deykga oʻxshaydi. U ajoyib sportchi, u yaxshi tezlikka ega va ahmoqona kurashlar yoʻq — u aqlli oʻyinchi“[30][31].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Socho II 2016-17 CFA 2 9 1 9 1
Socho 2016-17 Liga 2 12 1 0 0 1 0 13 1
RB Leyptsig 2017-18 Bundesliga 16 0 0 0 4 0 20 0
2018-19 Bundesliga 28 1 6 0 9 2 43 3
2019-20 Bundesliga 8 0 1 0 2 0 11 0
2020-21 Bundesliga 14 1 1 0 6 0 21 1
Jami 66 2 8 0 21 2 95 4
Liverpul 2021-22 Premer-liga 11 0 6 1 4 0 8 2 29 3
Karyera jami 97 4 14 1 5 0 29 4 145 9

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2022 2 0
Jami 2 0

Mukofatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

RB Leyptsig

  • DFB-Pokal 2-oʻrinchisi: 2018-19[32], 2020-21[33],

Liverpul

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ibrahima Konaté“. Bundesliga. 13-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  2. „Ibrahima Konaté: Overview“. ESPN. Qaraldi: 7-sentabr 2021-yil.
  3. „Ibrahima Konaté: Overview“. Premier League. Qaraldi: 7-sentabr 2021-yil.
  4. „Ibrahima Konaté: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 7-sentabr 2021-yil.
  5. „Ibrahima Konaté“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 7-sentabr 2021-yil.
  6. „Ibrahima Konaté: ‘The final in Paris, my home. I couldn’t have dreamed it’“. The Guardian (26-may 2022-yil). Qaraldi: 26-may 2022-yil.
  7. Touré. „Ibrahima Konaté affole l'Europe“ (7-fevral 2019-yil).
  8. Hendrix. „Ibrahima Konate Childhood Story Plus Untold Biography Facts“. LifeBogger (5-aprel 2020-yil). Qaraldi: 17-aprel 2022-yil.
  9. Northcroft, Jonathan. „Ibrahima Konaté: I asked Jürgen Klopp, ‘If I was your son, what would you advise?“. The Times (27-may 2022-yil). Qaraldi: 17-aprel 2022-yil.
  10. Julien Laurens. „Ibrahima Konate's move to Liverpool is just reward for the hard-working French U-21 star“. ESPN (28-may 2021-yil).
  11. „Who is Ibrahima Konate?“. Bundesliga (28-may 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  12. „LFP.fr - Ligue de Football Professionnel - Domino's Ligue 2 - Saison 2016/2017 - 24ème journée - FC Sochaux-Montbéliard / AJ Auxerre“. www.lfp.fr.
  13. „RB Leipzig land French talent Ibrahima Konate - bundesliga.com“. bundesliga.com - the official Bundesliga website.
  14. „RasenBallsport Leipzig - Neuzugang-Ibrahima-Konate“. redbulls.
  15. „Who is Ibrahima Konate?“. Bundesliga (28-may 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  16. „Fortuna Dusseldorf v RB Leipzig Live Commentary & Result, 27/01/2019, Bundesliga“. Goal.com (27-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  17. „Liverpool agree deal for Konaté“. BBC Sport (28-may 2021-yil). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
  18. „Liverpool seal £36m deal for RB Leipzig defender Ibrahima Konaté“. Qaraldi: 29-may 2021-yil.
  19. Reddy, Melissa. „Ibrahima Konate: Liverpool close to sealing transfer after triggering RB Leipzig defender's release clause“. The Independent (28-may 2021-yil). Qaraldi: 29-may 2021-yil.
  20. „Report: Mane, Salah and Keita goals see off Palace at Anfield.“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 23-sentabr 2021-yil.
  21. Jackson. „Manchester United's Ole Gunnar Solskjær calls 5-0 thrashing 'darkest day'“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (24-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2021-yil.
  22. Crooks, Garth. „Garth Crooks' team of the week: Alisson, Keita, Mount, Salah, Foden“. BBC Sport. Qaraldi: 25-oktabr 2021-yil.
  23. Hunter. „Luis Díaz returns to Portugal to haunt Benfica and seal Liverpool’s first-leg win“. The Guardian (5-aprel 2022-yil). Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
  24. „Liverpool FC - Ibrahima Konate called up by France“ (en). www.liverpoolfc.com. Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  25. Husband. „Konate handed first France call-up as Varane's suffers more injury woe“ (en). mirror (4-iyun 2022-yil). Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  26. „Austria 1 France 1“. BBC Sport. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  27. „Ibrahima Konate’s season keeps getting better with senior debut for France“. This Is Anfield. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  28. „Who is Ibrahima Konate?“. Bundesliga (28-may 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  29. Alex Young. „Who is Ibrahima Konaté: Liverpool target is 'the new Virgil van Dijk' but has worrying injury record“. Evening Standard (29-mart 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  30. Alex Young. „Who is Ibrahima Konaté: Liverpool target is 'the new Virgil van Dijk' but has worrying injury record“. Evening Standard (29-mart 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  31. Alex Young. „Who is Ibrahima Konaté: Liverpool target is 'the new Virgil van Dijk' but has worrying injury record“. Evening Standard (29-mart 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  32. „RB Leipzig 0 Bayern Munich 3“. BBC Sport (25-may 2019-yil). Qaraldi: 27-may 2019-yil.
  33. „RB Leipzig 1 Borussia Dortmund 4“. BBC Sport (13-may 2021-yil). Qaraldi: 13-may 2021-yil.
  34. McNulty, Phil. „Liverpool 0–1 Real Madrid: Reds beaten in Paris as Vinicius Jr hits winner“. BBC Sport (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  35. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  36. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Liverpul FC veb-saytidagi profil