Randal Kolo Muani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Randal Kolo Muani
Kolo Muani 2020-yilda Nantes safida o‘ynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Randal Kolo Muani
Tavallud sanasi 5-dekabr 1998-yil (1998-12-05) (25 yosh)
Tavallud joyi Bondy, Fransiya
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eintracht Frankfurt
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2010 Villepinte FC
2010—2011 Tremblay FC
2011—2015 Torcy
2015—2018 Nantes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2020 Nantes B 62 (17)
2018—2022 Nantes 79 (21)
2019—2020Boulogne (ijara) 14 (3)
2022— Eintracht Frankfurt 14 (5)
Milliy terma jamoa
2020—2021 Fransiya 21 yoshgacha 7 (1)
2021 Fransiya Olimpiada 4 (1)
2022— Fransiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Randal Kolo Muani (talaffuzi: Randal Kolo Muani; 1998-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi. U Bundesliganing Eintracht Frankfurt klubi va Fransiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Randal Kolo Muani[2] 1998-yil 5-dekabrda Seine-Saint-Denisning Bondy shahrida tug‘ilgan[3]. U asli Kongodan[4].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nantes[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolo Muani 2015-yilda Nantesning yoshlar akademiyasiga oʻtishdan oldin Parij yaqinidagi turli klublarda oʻynagan[5]. 2018-yilning 4-iyunida u dastlabki klubi Nantes bilan ilk professional shartnomasini imzoladi[6]. Kolo Muani professional debyutini 2018-yil 30-noyabrda Liga 1da Saint-Etiennega qarshi o‘yinda (3:0) o‘tkazdi[7].

2019-yil avgust oyida Kolo Muani Boulognega mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[8].

Eintracht Frankfurt[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 4-mart kuni Bundesliganing Eintracht Frankfurt klubi Nantesdagi shartnomasi muddati tugashidan oldin Kolo Muani bilan shartnoma imzoladi[9]. U klub bilan 5 yillik shartnoma tuzishga rozi boʻlgan[10]. 2022-yil 26-oktyabrda Kolo Muani Chempionlar ligasidagi ilk golini Marseillega qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi[11]. 1-noyabr kuni u Eintracht safida Sporting CP klubiga qarshi oʻyinda oʻynab, raqibi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan golni urdi va klubini Chempionlar ligasi doirasida birinchi marta pley-off bosqichiga chiqishiga yordam berdi[12].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolo Muani Fransiya terma jamoasining yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U avvalroq mamlakatining 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida oʻynagan[13].

2022-yil 15-sentyabr kuni Kolo Muani Fransiya terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasining ikkita o‘yinida oʻynash uchun ilk bor chaqiruv oldi[14]. 2022-yilning 16-noyabrida Christopher Nkunku jarohati tufayli terma jamoani tark etishga majbur bo‘lganidan so‘ng, Kolo Muani Fransiya terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoasi tarkibida Nkunkuning o‘rniga maydonga tushdi[15][16][17][18][19].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 13-noyabr holatiga ko‘ra[20]:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Nantes B 2015—2016 CFA 1 0 1 0
2016—2017 CFA 21 8 21 8
2017—2018 Milliy chempionat 3 21 6 21 6
2018—2019 Milliy chempionat 2 17 3 17 3
2019—2020 Milliy chempionat 2 1 0 1 0
2020—2021 Milliy chempionat 2 1 0 1 0
Jami 62 17 62 17
Nantes 2018—2019 Ligue 1 6 0 0 0 0 0 6 0
2020—2021 Ligue 1 37 9 1 0 2 1 40 10
2021—2022 Ligue 1 36 12 5 1 41 13
Jami 79 21 6 1 2 1 87 23
Boulogne (ijara) 2019—2020 Milliy chempionat 14 3 14 3
Eintracht Frankfurt 2022—2023 Bundesliga 14 5 2 1 6 2 1 0 23 8
Faoliyati jami 169 46 8 2 6 2 3 1 186 51

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 30-noyabr holatiga ko‘ra[21]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Fransiya 2022-yil 3 0
Jami 3 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nantes

  • Fransiya kubogi: 2021—2022[22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Randal Kolo Muani“. Eintracht Frankfurt. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  2. „Squad List: Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020: France (FRA)“. FIFA (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  3. „Randal Kolo Muani“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  4. „Football (National): Vahid, Mbappe, le Congo, la fusée Randal Kolo Muani se confie“ (French). La Voix du Nord (2020-yil 13-fevral). Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  5. Nantes. „Formation – Randal Kolo-Muani, Made In FC Nantes. www.fcnantes.com.
  6. Nantes. „Effectif – Randal KOLO MUANI jusqu'en 2022“. www.fcnantes.com.
  7. „AS Saint-Etienne – FC Nantes (3–0) – Saison 2018/2019 – Ligue 1 Conforama“. www.lfp.fr.
  8. „Football: Boulogne se fait prêter le Nantais Kolo Muani“ (fr). La Voix du Nord (2019-yil 22-avgust).
  9. „Eintracht holt Stürmer Kolo Muani“ (de). kicker (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  10. „Official | Eintracht Frankfurt sign Randal Kolo-Muani“. Get German Football News (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  11. „Randal Kolo Muani: The Bundesliga's top creator“. DW (2022-yil 29-oktyabr).
  12. „Randal Kolo Muani: the Bundesliga assist king leading Eintracht Frankfurt to UEFA Champions League knockouts“. Bundesliga (2022-yil 2-noyabr).
  13. „Randal Kolo Muani“ (fr). Fédération Française de Football. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  14. Dicks. „Kolo Muani called up to France squad“ (en). Bulinews (2022-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  15. „Kolo Muani remplace Nkunku“ (fr). Fédération Française de Football. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  16. „Kolo Muani replaces injured Nkunku in France's World Cup squad“. Reuters (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  17. „Coupe du monde 2022 : Randal Kolo Muani remplace Christopher Nkunku, blessé, au sein de l’équipe de France“ (fr). Le Monde (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  18. „Franzose erst nicht im Kader: Eintracht-Profi Kolo Muani nun doch für WM nominiert“ (de). FAZ.NET (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  19. „Kolo Muani sustituye al lesionado Nkunku en la lista de Francia para el Mundial de Qatar“ (es). El País (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  20. „R. Kolo Muani“. Soccerway. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  21. „Randal Kolo Muani“. EU-Football.info. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  22. „COUPE DE FRANCE 2021 – 2022 – FINALE“. French Football Federation. Qaraldi: 2022-yil 9-may.