Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidi
Masjid | |
Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Hudud | Putrajaya |
Koordinatalar | 2°55′9.5″N 101°40′51.3″E / 2.919306°N 101.680917°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Zamonaviy arxitektura |
Binokorlik | 2004—2009 |
Oʻlchami | 20 000 nafar |
Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidi Vikiomborda |
Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidi (malaycha: Masjid Tuanku Mizan Zainal Abidin) yoki Temir masjid (malaycha: Masjid Besi) Malayziyaning Putrajaya shahridagi Putra masjididan keyin shahridagi ikkinchi asosiy masjid hisoblanadi. Bino Putrajayaning 3-uchastkasida, Adliya saroyi roʻparasida hamda Putrajaya Islom majmuasi yonida, diniy hokimiyat shtab-kvartirasida joylashgan. Masjidning qurilish ishlari 2004-yilning aprel oyida boshlangan va 2009-yil avgustida toʻliq yakunlangan[1]. Bino 2010-yilning 11-iyun kuni 13-Yang di-Pertuan Agong, Tuanku Mizan Zaynal Obidin tomonidan rasman ochib berilgan[2].
Masjid 24 000 ga yaqin aholiga, shu jumladan, shahar markazida, 2, 3, 4 va 18-uchastkalarda ishlaydigan davlat xizmatchilariga xizmat koʻrsatish uchun qurilgan. Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidining maydoni shimoldan 2,2 kilometr uzoqlikda joylashgan Putra masjididan ikki baravar katta hisoblanadi.
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir masjidda binoni sovutish tizimi va konditsioner tizimi mavjud. Binoda Germaniya va Xitoydan olib kelingan arxitekturaviy sim toʻrlardan foydalangan, ushbu sim toʻrlar Madriddagi Santiago Bernabéu Stadionida va Parij milliy kutubxonasida ham mavjud. Asosiy kirish eshigi strukturaning yaxlitligini oshirish uchun shisha temir-beton bilan mustahkamlangan va uzoq masofadan ham oq masjidning illyuziyasini yaratish uchun nozik shishadan foydalanilgan.
Masjidga 13,639 m² maydonni egallagan Kiblat yurishi deb nomlanuvchi yoʻldan borish mumkin. Ushbu yoʻlda Al-humro saroyi qadimiy qal’alariga moslashtirilgan peyzaj ham mavjud. Binoning ichki qismiga suls yozuvida Allohning 99 nomi yozilgan. Asosiy namozxonaga kirish qismi Qur’onda keltirilgan Isro surasi 80-oyati bilan bezatilgan.
Germaniyadan olib kelingan balandligi 13 metr boʻlgan shisha paneldan yasalgan mehrob devorining oʻng tomonida „Baqara“ surasi, chap tomonida „Ibrohim“ surasidan ikki oyat bitilgan. Mehrob devori hech qanday yorugʻlik aks etmaydigan qilib yaratilgan boʻlib, misralar havoda suzayotgandek tasavvur hosil qiladi. Masjid tomining chekka qismlari asosiy binodan 40 fut uzunlikkacha choʻzilgan boʻlib, asosiy namoz oʻqish zalidan tashqarida namoz oʻqiyotgan odamlarni yomgʻirdan himoya qiladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Masjid Tuanku Mizan Zainal Abidin Diserah Bagi Pengurusan Jakim“. BERNAMA (2009-yil 21-avgust). Qaraldi: 2009-yil 21-avgust.
- ↑ „Mosques nationwide to be turned into community centres“. The Star (Malaysia) (2010-yil 11-iyun). 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Masjid Besi Putrajaya siap Ogos“. Utusan Malaysia (2009-yil 22-aprel). Qaraldi: 2009-yil 10-iyun.