Al-humro saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-humro saroyi (arab, qizil; qizil saroy) — Ispaniyada arablar hukmronligi davridan qolgan meʼmoriy yodgorlik (Granada viloyati, 13- 14-asrlar). Algamra nomi bilan mashhur. Al-humro saroyi da turar joy, mehmonxona, masjid, haram, hammom va hokazo bor. Saroy Granada sh. chetidagi baland tepaga qurilgan. Uning devorlari qizil toshlardan ishlangan. Al-humro saroyi ning 2 hovlisi boʻlib, biri (Mir-ta)da hashamatli xonalar, katta hovuz va kalta ustunli ravoqlar bor. Saroyning yana bir qismida tojxona qad koʻtargan. Ikkinchisi „sherlar hovlisi“ boʻlib, unda uy-joy binolari, oʻrtada oʻn ikki sher haykalli favvora bor. Saroy meʼ-morligida amaliy bezak sanʼati katta oʻrin olgan. Al-humro saroyi suv oʻtkazgich quvur bilan taʼminlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil