Sulton Ismoil Petra masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sulton Ismoil Petra masjidi
malaycha: Masjid Sultan Ismail Petra
Sulton Ismoil Petra masjidi
Mamlakat  Malayziya
Kelantan Rantau Panjang
Koordinatalar 6°00′55.2″N 101°58′57.8″E / 6.015333°N 101.982722°E / 6.015333; 101.982722 G OKoordinatalari: 6°00′55.2″N 101°58′57.8″E / 6.015333°N 101.982722°E / 6.015333; 101.982722 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Xitoy meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 2009-yil avgust

Sulton Ismoil Petra masjidi (malaycha: Masjid Sultan Ismail Petra) – Malayziyaning Kelantan viloyati Rantau Panjang shahrida Xitoy uslubida qurilgan masjid[1]. Bino Xitoyning Pekin shahridagi 1000 yillik Niujie masjidiga oʻxshaydi.

Qurilish 2005-yilning 12-sentyabrda boshlangan va 2009-yilning avgust oyida ochilgan. Qurilishning umumiy qiymati 8,8 million ringitni tashkil qilgan. Masjidning umumiy maydoni 3,7 gektar boʻlib, bir vaqtning oʻzida 1000 nafar namozxonni sigʻdira oladi[2].

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Pasir Mas-Rantau Panjang avtomagistralining chekka qismida, Rantau Panjangdan taxminan 2 km uzoqlikda joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]