Al-Rahmon masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Rahmon masjidi
malaycha: Masjid Al-Rahman
Mamlakat  Malayziya
Hudud Kuala Lumpur
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Modernizm
Minoralar soni 1


Al-Rahmon masjidi (malaycha: Masjid Al-Rahman) – Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan masjid. Bino Jalan Pantai Baxaru shahridagi Malaya universiteti hududida joylashgan. Al-Rahmon masjidiga Malayziyaning birinchi bosh vaziri Tunku Abdulrahmon Putra al-Haj nomi berilgan. Bugungi kunda masjid Malaya universiteti va federal hududiy islom ishlari departamenti (JAWI) tomonidan birgalikda boshqariladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning tamal toshi 1962-yilning 6-noyabrida Malayziyaning birinchi Bosh vaziri Almarhum Tunku Abdulrahmon Putra al-Haj tomonidan qoʻyilgan. Ushbu binoning qurilishi taxminan bir yil davom etgan boʻlib, umumiy xarajatlari taxminan 400 000 ringgitni tashkil qilgan.

1963-yil 23-avgustda masjid uchinchi Yang di-Pertuan Agong, perlislik Almarhum Tuanku Said Putra Jamalullail tomonidan rasman ochib berilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gooch, Liz. „Malaysian Mosque Is Also a Methadone Clinic“. The New York Times (2012-yil 29-mart).