Tengkera masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Tengkera masjidi
malaycha: Masjid Tengkera
Tengkera masjidi
Mamlakat  Malayziya
Malakka viloyati Malakka tumani
Koordinatalar 2°12′14.7″N 102°13′55.1″E / 2.204083°N 102.231972°E / 2.204083; 102.231972 G OKoordinatalari: 2°12′14.7″N 102°13′55.1″E / 2.204083°N 102.231972°E / 2.204083; 102.231972 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Malay, Xitoy va Indoneziya meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1728 yil
Minoralar soni 1
Trangkera masjidi namozxonasi

Trangkera masjidi (malaycha: Masjid Tengkera) – Malayziyaning Malakka viloyati, Malakka shahrida joylashgan masjid[1][2]. Bino 1728-yilda qurilgan boʻlib, Johordagi Sulton Husaynshoh qabri yonida joylashgan. 1990-yilda Al-Azim masjidi tashkil etilishidan oldin Malakka davlat masjidi boʻlgan.

Masjid qurilishida foydalanilgan yogʻoch Kalimantan orolida joylashgan Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasidan keltirilgan. Bino qurib bitkazilganidan keyin ham bir necha bor qayta taʼmirlangan[3]. Masjidning ichki qismiga Malay, Xitoy va Indoneziya meʼmorchiligi uygʻunlashuvi asosida ishlov berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]