Sulton Iskandar masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sulton Iskandar masjidi
malaycha: Masjid Sultan Iskandar
Mamlakat  Malayziya
Johor Joxor-baru
Koordinatalar 1°33′38.1″N 103°44′13.7″E / 1.560583°N 103.737139°E / 1.560583; 103.737139 G OKoordinatalari: 1°33′38.1″N 103°44′13.7″E / 1.560583°N 103.737139°E / 1.560583; 103.737139 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Binokor Johor Land Berhad
Binokorlik 20122015
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 4
Bandar Datoʻ Onn masjidi namozxonasi

Sulton Iskandar masjidi (malaycha: Masjid Sultan Iskandar) – Malayziyaning Johor sultonligi, Joxor-baru tumani, Bandar Datoʻ Onn shahrida joylashgan masjid. Masjidga Johorning 24-chi sultoni Almarhum Sulton Iskandar ibni Almarhum Sulton Ismoilning nomi berilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Johor Land Berhad korporatsiyasi tomonidan qurilgan boʻlib, hozirda uning boshqaruvi Vaqaf An-Nur Berhad korporatsiyasiga tegishli. Har ikki korporatsiya ham Johor Corporation (JCorp) shoʻba korxonalari hisoblanadi. Sulton Iskandar masjidi dastlab Bandar Datoʻ Onn masjidi sifatida tanilgan[1]. Qurilish ishlari 2012-yilda boshlangan va 2015-yilda yakunlangan. Masjid 2016-yilning 8-aprelida Johorning Tunku Mahkotasi Tunku Ismoil Idris ibni Sulton Ibrohim tomonidan uning marhum bobosi Sulton Iskandarning tavallud kuni munosabati bilan rasman ochilgan.

Arxitektura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulton Iskandar masjidi Usmonli meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „TMJ Rasmi Masjid Sultan Iskandar Bandar Dato' Onn“ (ms). mStar (2016-yil 8-aprel). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]