Kontent qismiga oʻtish

Tengku Tenga Zahara masjidi

Koordinatalari: 5°17′02″N 103°10′14″E / 5.2838°N 103.1706°E / 5.2838; 103.1706
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Tengku Tenga Zahara masjidi
malaycha: Masjid Tengku Tengah Zaharah
Tengku Tenga Zahara masjidi
Mamlakat  Malayziya
Kuala Terengganu shahri Kuala Ibai daryosi esariyi yaqinidagi Kuala Ibai laguna
Koordinatalar 5°17′02″N 103°10′14″E / 5.2838°N 103.1706°E / 5.2838; 103.1706
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Binokorlik 19931995
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Tengku Tenga Zahara masjidi (malaycha: Masjid Tengku Tengah Zaharah) yoki Suzuvchi masjid – Malayziyadagi birinchi haqiqiy suzuvchi masjid. Bino Kuala Terengganu shahridan 4 km uzoqlikda joylashgan Kuala Ibai daryosining estuariyi yaqinidagi Kuala Ibai lagunada joylashgan. Masjidning qurilish ishlari 1993-yilda boshlanib, 1995-yilda yakunlangan. Bino 1995-yilning iyul oyida Terengganu marhum sultoni Almarhum Sulton Mahmud al-Muktafi Billahshoh tomonidan rasman ochib berilgan. Masjid zamonaviy va Mavriyan meʼmorchiligi uygʻunlashuvidan iborat. Qurlish ishlarida marmar, keramika, mozaika ishlari va bomanit qoplamasidan foydalanilgan. Masjidning umumiy maydoni taxminan 5 gektar maydonni egallaydi va bir vaqtning oʻzida 2000 nafargacha tahrif buyuruvchilarni oʻzida sigʻdira oladi[1].