Sulton Idrisshoh II masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sulton Idrisshoh II masjidi
malaycha: Masjid Sultan Idris Shah II
Sulton Idrisshoh II masjidi
Mamlakat  Malayziya
Perak Ipoh
Koordinatalar 4°35′46.2″N 101°04′33.0″E / 4.596167°N 101.075833°E / 4.596167; 101.075833 G OKoordinatalari: 4°35′46.2″N 101°04′33.0″E / 4.596167°N 101.075833°E / 4.596167; 101.075833 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Binokorlik 19661968

Sulton Idrisshoh II masjidi (malaycha: Masjid Sultan Idris Shah II) – Malayziyada joylashgan Perak davlat masjidi. Masjid Perak viloyati Ipoh tuman politsiya boshqarmasi, Syariah sudi, Ipoh Oliy sudi va Ipoh avtovokzali yaqinida joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qurilishi 1966-yilning may oyida boshlanib, 1968-yilning avgustida yakunlangan. Masjid rasman 1978-yilning sentyabr oyida peraklik sulton Idrisshoh II ning 54 yoshga toʻlgan tavallud kunida ochilgan. Masjid Ipoh shahrining markazida joylashgan boʻlib, taxminan 2,6 gektar yer maydoniga ega. Masjid qurilishi 1966-yil 16-mayda boshlangan boʻlib, binoning tamal toshini 1967-yil 27-oktyabrda oʻsha paytda Bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan (marhum) Tun Haji Abdul Razak qoʻygan[2].

Dastlab masjid „Davlat masjidi (Perak)“ deb nomlangan, keyinchalik 1984-yilda Sulton Idris Iskandarshoh II sharafiga „Sulton Idrisshoh II masjidi“ deb nomlangan.

Ushbu masjidni qurish gʻoyasi marhum Orang Kaya-Kaya Panglima Bukit Gantang Seri Amar Diraja Abdul Wahab tomonidan 1951-yilda berilgan. Qurilishning umumiy qiymati 1 840 000.00 ringitga teng boʻlgan.

Sulton Idrisshoh II masjidi

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidga KTMning (Keretapi Tanah Melayu – Malaya temir yoʻli) Ipoh stansiyasidan sharq tomonga qarab piyoda borish mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]