Zahir masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Zahir masjidi
malaycha: Masjid Zahir
Zahir masjidi
Mamlakat  Malayziya
Keda viloyati Kota Setar tumani, Alor Setar shahri
Koordinatalar 6°07′13″N 100°21′54″E / 6.12028°N 100.36500°E / 6.12028; 100.36500 G OKoordinatalari: 6°07′13″N 100°21′54″E / 6.12028°N 100.36500°E / 6.12028; 100.36500 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom va hind-sarasenik meʼmorchiligi
Binokorlik 19121915
Gumbazlar soni 5
Zahir masjidi namozxonasi

Zahir masjidi (malaycha: Masjid Zahir) – Malayziyaning Keda viloyati, Kota Setar tumani, Alor Setar shahrida joylashgan Keda davlat masjidi. Zahir masjidi Malayziyadagi eng buyuk va eng qadimiy masjidlardan biri boʻlib, qurilish ishlari 1912-yilda boshlangan[1]. Zahir masjidi Saudiya Arabistonidagi Al-masjid an-Nabaviydan keyin dunyodagi eng goʻzal toʻrtinchi masjid hisoblanadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid siamlarning Kedaga bostirib kirishi paytida halok boʻlgan Keda jangchisining qabri joylashgan hududda bunyod etilgan.

Sulton Muhammad Jiva Zaynal Obidin II Shimoliy Sumatraning Langkat sultonligida joylashgan Azizi masjididan ilhomlangan va shunga oʻxshash masjid qurilishi toʻgʻrisida buyruq bergan[1].

Masjid hududida har yili Qur’on musobaqasi tashkil etiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Zahir Mosque“. Tourism Malaysia. Qaraldi: 2014-yil 26-may.
  2. „Top Ten Most Beautiful Mosques“. www.adherents.com. 2001-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]