As-Syakirin masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
As Syakirin masjidi
malaycha: Masjid As Syakirin
As Syakirin masjidi
Mamlakat  Malayziya
Hudud Kuala Lumpur
Koordinatalar 3°9′26″N 101°42′58″E / 3.15722°N 101.71611°E / 3.15722; 101.71611 G OKoordinatalari: 3°9′26″N 101°42′58″E / 3.15722°N 101.71611°E / 3.15722; 101.71611 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom va modernimz meʼmorchiligi
Binokorlik 1996—2009 (qayta taʼmir)

As Syakirin masjidi (malaycha: Masjid As Syakirin) – KLCC masjidi sifatida ham tanilgan, Malayziyaning Kuala Lumpur shahri markazida joylashgan masjid. Bino Suria KLCC (Kuala Lumpur City Centre – Kuala Lumpur shahar markazi)[1] savdo markazi va dunyodagi eng baland egizak minoralar – Petronas egizak minoralari yaqinida joylashgan[2].

2009-yilda tashrif buyuruvchilar sigʻimi 6000 nafardan 12000 nafargacha yetkazilishi uchun masjid kapital taʼmirlangan.

Bino dastlab 1999-yil 12-iyulda Petronas xodimlarining namoz oʻqishlari uchun roʻyxatdan oʻtgan va Federal hududiy Islom diniy kengashi (diniy kengash) tomonidan boshqarilgunga qadar masjid maqomini olgan.

Ikki qavatli masjid maydoni 21 gektarni tashkil etadi. Shuningdek, binoda yigʻilish xonalari va audiotizimli 500 kishini sigʻdira oladigan zal ham mavjud.

As-Syakirin nomi bu masjidning rasmiy nomi sifatida tanlab olingan boʻlib, „rahmatli insonlar“ degan maʼnoni anglatadi. Masjid poytaxt Kuala-Lumpurning jadal rivojlanayotgan hududidagi islom meʼmorchiligi yodgorligi hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „MASJID ASY-SYAKIRIN“.
  2. „As-Syakirin Mosque, Kuala Lumpur City Centre, Kuala Lumpur“. 2011-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.