Tinish belgilari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.

Hozirgi oʻzbek yozuvida Tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qavs, qoʻshtirnoq. Ularning aksariyati 19-a. 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan.

Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta).

Tinish belgilari ning qoʻllanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Abdurahmonov Gʻ., Punktuatsiya oʻqitish metodikasi, T., 1968; Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.

Abduvahob Madvaliyev, Neʼmat Mahkamov.