Uyushiq boʻlaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uyushiq bulaklar - gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlangan ran boʻlaklari. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlaklarli gaplar hisoblanadi. Mac, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, olma, shaftoli va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakkayakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov).