Differensiatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Differensiatsiya (frans. differentiation, lot. differentia — farqlanish, farq), ixtisoslashish — dastlab bir xil elementlardan iborat boʻlgan sistemaning sifat jihatidan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajralib ketishi. D. muayyan sistema funksiyasining kengayishi, intensivligining koʻtarilishi va bu funksiyalarni uning tarkibiy qismlari oʻrtasida taqsimlanishi bilan bogʻliq holda sistema ishining samarasini oshiradi. D. bir necha shakdsa namoyon boʻladi. Felogenetik D. — yaxlit taksonning ikki yoki bir nechta qismlarga ajralishi (mas, adaptiv radiatsiya, tur hosil boʻlishi). Turning populyasiyalarga D.si tabiiy resurslardan uning optimal foydalanishiga olib keladi. Morfofiziologik D. — evolyusiya jarayonida organizmlarda har xil funksiyalarni bajaradigan turli xil strukturalarning rivojlanishi. Bunday D.ning ketma-ket paydo boʻladigan davrlari organizmlarning asosiy tuzilish darajalariga mos keladi. Morfofiziologik D. morfofiziologik jarayon mezonlaridan biri hisoblanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil