Kontent qismiga oʻtish

Qavs

Vikipediya, erkin ensiklopediya
()
Qavs
Unicode ichida

(: U+0028

): U+0029
UTF-16

(‎: 0x28

)‎: 0x29
URL-kod

(: %28

): %29
Yana qara
Nuqta

Qavs (arab. — yoy, egilgan narsa) — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, ikki elementli (qoʻshaloq), asosan, gap oʻrtasida va oxirida ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Ochiluvchi va yopiluvchi qismlardan iborat. Dastlab u "Turkiston viloyatining gazetasi"da 1873-yildan qoʻllangan, keyinchalik boshqa gaz., jurnal va kitoblarda ham ishlatila boshlagan. Hozirgi yozuvda asosan 2 xil shaklda ishlatiladi: a) odatdagi Qavs () asosiy meʼyor hisoblanib, barcha yozuv shakllarida uchraydi; b) oʻrta Qavs yoki katta Qavs — [] va {} matematika, geometriya, kimyo va boshqalar fanlarda, shuningdek, Qavs ichida Qavs keladigan holatda uchraydi. Xususan, matematikada bu belgi amallarning bajarilishi tartibini belgilash uchun ishlatiladi. Mas, (5,2+4,8):0,5 (oldin qavs ichidagi amal bajariladi). Qavsning yopiluvchi (ikkinchi) qismi baʼzan yozma nutqda ketma-ket keluvchi, sanaluvchi fikrlar, taʼriflarni raqamlashda (raqam yoki harf bilan) yakka, mustaqil holda ham qoʻllanishi mumkin.

Hozirgi oʻzbek tilida quyidagilar Qavsga olinadi: a) kiritma konstruksiyalar (kiritma soʻz, kiritma birikma, kiritma gaplar); b) remarkalar; v) sitata yoki misollarning manbalari; g) tushuntirish, izoh, uqtirish maʼnosidagi soʻz, birikma va gaplar, shuningdek, gaz. va jur.lardagi "davomi bor", "boshi 3betda" kabilar ham Qavsga olinadi; d) sitatadagi biror soʻz yoki jumlaga muallifning turli munosabatini bildiruvchi soʻroq, undov belgilari, shuningdek, muallif tomonidan sitataga kiritilgan gaplar. Qavsga olingan qism asosiy gap (matn) bilan bevosita yoki bilvosita aloqador boʻladi.