Kontent qismiga oʻtish

Intonatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Intonatsiya (lotincha: Intono — baland , talaffuz qilaman) (tilshunoslikda) — nutqning ohangi, uning maromiy-musiqiy tomoni; tovushning navbatmanavbat koʻtarilishi va tushi-shi. I. nutqning sintaktik maʼnolari (darak, soʻroq, buyruq)ni ham ifodalaydi. Nutq qaratilgan obʼyektga boʻlgan soʻzlovchining munosabati, hissiyoti soʻzdagi I.da namoyon boʻladi. Yozuvda I. qisman tinish belgilari orqali ifodalanadi. Nutqning stilistik xususi-yatlarini farqlashda, uni shakllantirishda ham maʼlum rol oʻynaydi.

I.ni nutq unsuri sifatida oʻrganish 19-asr oxirlaridan boshlangan. Hoz. I.ning ran turlarini oʻzaro farqlashdagi ahamiyati, sintaksis bilan oʻzaro munosabati va uning tarkibiy qismlari tadqiq etilgan, matn I.si va fonostilistika borasida tadqiqotlar olib borilmoqda (yana qarang: Gap)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil