Nuqtali vergul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
;
Nuqtali vergul
Unicode ichida U+003B
UTF-16 0x3B
URL-kod %3B
Yana qara
Ikki nuqta

Nuqtali vergul — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (;). Oʻzbekcha matnlarda 19-asr oxirlaridan qoʻllana boshlagan. Hozirgi oʻzbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:

  1. bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibida maʼno jihatdan bir-biriga yaqin boʻlmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi);
  2. gapdagi uyushiq boʻlaklar murakkab boʻlib, ular maʼlum guruhlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bogʻimizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va oʻqituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi);
  3. yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dare jad-valini tuzish; b) oʻqituvchilarni orox,lantirish; v) grafikka rioya qilish va boshqalar);
  4. murakkab (aralash) qoʻshma gaplar orasida (Yer koʻkarmas, el yashna-mas, boʻlmasa koʻk tomchisi; Qaydan olein sheʼrni shoir, boʻlmasa ilhomchisi (A. Toʻqay).

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil