Predikativlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Predikativlik (lot. praedicativus — tasdiqlovchi, qatʼiy) — 1) zamonaviy mantiq fanida — belgilar va predmetlar oʻrtasida obʼyektiv mavjud boʻlgan aloqalarni aks ettiruvchi asosiy tushunchalardan biri; 2) tilshunoslikda — gapni shakllantiruvchi sintaktik kategoriya boʻlib, ran mazmuniga obʼyektiv borliqning u yoki bu hodisasi haqida xabar berish xususiyatini baxsh etadi. P. belgi (harakat, sifat va xususiyat) bilan predmetning zamon va maylda anglashiladigan oʻzaro munosabatini ifodalaydi va shu tarika gapni alohida fikrni shakllantiruvchi va u hakda xabar beruvchi birlikka aylantiradi (mas, "Olma gulladi", "Doimo tinchlik boʻlsin!"). Modomiki, ran mazmunining borliqqa munosabati uni muayyan zamoniy va modal (real yoki irreal) darajaga qoʻyishni taqozo qilar ekan, P. ham ikki sintaktik kategoriyaning — zamon va maylning birligidan iborat boʻladi. Ikki tarkibli gaplarda — kesim, bir tarkibli gaplarda esa ularning bosh boʻlagi P.ning ifodachisi hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil