Qoʻshtirnoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻshtirnoq — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, koʻp (toʻrt) element-li, qoʻshaloq holda ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Uning umumiy meʼyor hisoblangan grafik shakli « » yoki „ “ dan iborat boʻlib, nashriyot ishlarida " " shaklida ham qoʻllanadi; ilmiy uslubda yakka tirnoq shaklida (, ‘) ishlatiladi. Uning birinchi qismi ochiluvchi Q, ikkinchisi esa yopiluvchi Q. deb yuritiladi. Ushbu tinish belgisi oʻzbekcha matnlarda 1886 yildan "Turkiston viloya-tining gazeti" sahifalarida qoʻllana boshlagan.

Q. koʻp vazifali tinish belgilaridan boʻlib, muayyan matn qismini chegaralab koʻrsatish bilan birga, uning matn (Q.qa olingan qism kiritilgan umumiy matn)ga sintaktik va intonatsion jihatdan maʼlum darajada bogʻlanishini, unga muvofiqlashuvini ham koʻrsatadi. Q. maʼlum qismning oʻzgaligi, muayyan nutqqa yotligi (chetdan kiritilganligi), uning odatdagi maʼnoda qoʻllanmaganligi va boshqalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Q. takroriy, oddiy va murakkab holatda qoʻshaloq holda qoʻllana oladi. Bunda ochiluvchi va yopiluvchi Q.lar ketma-ket qoʻllanadi; bunda ulardan birining shakli oʻzgartib qoʻllanadi.

Quyidagilar Q. ichiga olinadi:

  1. soʻz, soʻz birikmasi, ibora va gap shakllarida boʻlgan koʻchirma (oʻzga) nutq (q. Koʻchirma gap);
  2. sitatalar;
  3. koʻchma maʼnoda qoʻllangan, qoʻllanishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qoʻllanayotgan; kesatiq, piching , kinoya va boshqa maʼno uchun qoʻllangan soʻzlar;
  4. badiiy asar, gaz., jur., musiqa asarlari, spektakl va boshqalarning nomlari;
  5. muassasa, tashkilot, korxona, jamoa va shirkat xoʻjaliklari, zavod, fabrika, mehmonxona, turli (yer, suv, havodagi) transport vositalarining shartli nomlari;
  6. tarkibida «orden», «medal» soʻzlari boʻlgan, ammo bu soʻzlar bilan sintaktik aloqaga kirishmagan orden va medallar nomi;
  7. mahsulotlarning , oʻsimliklarning turini, mashina, samolyot, televizor kabilarning markasini bildiruvchi nomlar;
  8. ichki monolog (personajlarning oʻyi, ichki kechinmalarini ang-latuvchi soʻz va gaplar);
  9. sinflar, buyruqlar, qarorlarning ayrim bandlariga qoʻshilib yoziladigan harflar: IX «A» sinf, 6- «A», sinf, 135 - «V» sonli qaror, 10-moddaning «B» ban-di);
  10. baho ballari («besh», «toʻrt» yoki «aʼlo», «yaxshi»);
  11. matn ichida kelgan maqollar, hikmatli soʻzlar, sar-lavhalar va boshqa