Punktuatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Punktuatsiya (lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar {tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirish-dir; 2) yozma matnni punktuatsion ras-miylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. tizimi krnu-niyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.

Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi. Mac, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, uzbek yozuvida esa 19-asrning 2yar-mida paydo boʻlgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta boʻlsa, hozirgi oʻzbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, soʻroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qoʻshtirnoq. P.ning qoʻllanishida ham tillararo tafovut boʻlishi mumkin, mas, ispan tilida soʻroq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qoʻyiladi.

P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, rivoji, uning oʻrganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Gʻoziyev, O. Usmon, Gʻ. Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bogʻliq.

Abduvahob Madvaliyev, Neʼmat Mahkamov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil