Morfema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Morfema (yun. morphe — shakl) — oʻziga xos shakl va maʼnoga ega boʻlgan, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, soʻz (leksema) yasash yoki soʻzning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Morfemalar oʻzbek tilida, asosan, affiks (qarang) holatida boʻladi. Masalan, chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), ki (tepki), li (aqlli), chan (ishchan), la (tuzla), -illa (taqilla), lar (bolalar), rok, (kattaroq), -mtir (qoramtir) va hokazo.

M.lar asosiy vazifasiga koʻra, 2 turga boʻlinadi; soʻz yasovchilar; soʻzning shaklini yasovchilar. Suz yasovchi M.lar yangi-yangi leksemalar hosil qilish uchun qoʻllanadi va oʻzbek tili lugʻat (leksik) qatlamining boyishida muhim rol oʻynaydi. Soʻz shakli hosil qiluvchi M.lar soʻzning qoʻshimcha maʼno ifodalovchi shaklini yasaydi. Mas, daraxtlar (daraxt soʻzining koʻplik shakli), balandroq (baland soʻzining daraja shakli), sargʻish (sariq soʻzining ozaytirma shakli) keldim (kel feʼlining oʻtgan zamon birinchi shaxs birlik shakli) va boshqa M.lar mustaqil qoʻllanmaydi, lugʻaviy maʼno ifodalay olmaydi, faqat soʻzning lugʻaviy va grammatik maʼnolari shakllanishiga xizmat qiladi. Soʻz tarkibida M. ishtirok etmasligi ham mumkin. "M." termini va tushunchasini tilshu-noslikka polyakrus tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene kiritgan. Lekin M.ning I.A.Boduen de Kurtene talqini bilan ushbu, hozirgi talqini oʻrtasida bir qadar farq bor.

Azim Hojiyev, Neʼmat Mahkamov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil