Tigran Mkrtichev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tigran Mkrtichev
Tavalludi 6-aprel 1959-yil
Kalinin, SSSR
Kasbi arxeolog, sanʼatshunos
Ish joylari I. V. Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi direktori
Ilmiy darajasi sanʼatshunoslik fanlari doktori

Tigran Konstantinovich Mkrtichev (1959-yil 6-aprel, Kalinin, SSSR) — sovet va rus arxeologi, sanʼatshunos, Markaziy Osiyo arxeologiyasi va sanʼati tarixi boʻyicha mutaxassis. Sanʼatshunoslik fanlari doktori. Katta rus ensiklopediyasi mualliflaridan biri[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tigran Mkrtichev Toshkent davlat universitetining arxeologiya fakultetini (1981), Toshkent sanʼatshunoslik instituti aspiranturasini (1984) tugatgan. Sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (1985, „Qadimgilar kosmologiyasi va uning V asrlar Markaziy Osiyo sanʼatida aks etishi“ dissertatsiyasi), sanʼatshunoslik doktori (2003, „Markaziy Osiyo I—X asrlar buddizm sanʼati“ dissertatsiyasi). 1985-yildan Moskva Sharq muzeyi xodimi, katta ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo arxeologiya sektori boshligʻi, ilmiy ishlar boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari, Sharq muzeyi filiali Rerix muzeyi direktori. 2019-yil iyul oyida I. V. Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi direktori lavozimiga oʻtkazilgan xalqaro tanlovda (Nukus, Oʻzbekiston Respublikasi) gʻolib chiqqan[2]. Muzeyning uzoq yillar direktori boʻlgan Marinika Bobonazarova Tigran Mkrticheving muzey direktorligiga tayinlanishidan mamnun ekanligini taʼkidlagan[3]. Mkrtichev 2021-yil yanvar oyidan boshlab muzey direktori lavozimiga ishga kirishgan[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda oʻqishning ikkinchi yilidanoq Tigran Konstantinovich Mkrtichev taniqli sovet sanʼatshunosi Lazar Izrailevich Rempelning (19071992) laboranti boʻladi. Bu esa Tigran Konstantinovich Mkrtichevning Oʻrta Osiyoning qadimiy va ilk oʻrta asrlar sanʼati (terrakota haykaltaroshligi, devor rasmlari va boshqalar) sohasidagi qiziqishlarining keng doirasini belgilab berdi. 1986-yildan buyon Oʻrta Osiyoning buddizm sanʼatini tadqiq qilish bilan shugʻullanadi. Bu hududning buddizm sanʼati boʻyicha „I—X asrlar Markaziy Osiyo buddaviy sanʼati“ monografiyasi muallifi (2002). 2009-yildan boshlab Tigran Mkrtichev XX asr Oʻrta Osiyo tasviriy sanʼatini tadqiq qilish bilan shugʻullana boshlaydi (rassomlar P. P. Benkov, A. N. Volkov, A. A. Volkov va boshqalarning asarlari). „Rus avangard ensiklopediyasi“ga kiritilgan (muharrir A. D. Sarabyanov) „Turkiston avangardi“ atamasining mualliflaridan biri (hammuallif E. S. Yermakova). Oʻrta Osiyo yodgorliklariga (Doʻrmontepa, Varaxsha, Eski Termizdagi Qoratepa), shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining Sinzyan-Uygʻur avtonom viloyatiga (Turfondagi Sengʻim-ogʻiz) tashkil etilgan qator arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi va rahbari; Por-Bajin loyihasining ilmiy direktori (20062007, Tuva). 20 dan ortiq koʻrgazma va ekspozitsiyalarning kuratori (Sharq muzeyi, Rerix muzeyi, Pushkin nomidagi davlat tasviriy sanʼat muzeyi, Reys-Engelxort muzeyi (Germaniya), Metropoliten muzeyi (AQSh), Turkmaniston tasviriy sanʼat muzeyi (Ashxobod) va boshqalar); yuzdan ortiq ilmiy ishlar – monografiyalar, kataloglar, albomlar, maqolalar muallifi.

2018-yildan — „Buyk Kelajak“ (Oʻzbekiston Respublikasi) ekspertlar kengashi aʼzosi.

2016-yildan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati aʼzosi. Tigran Mkrtichev bu tashkilotning tashkil etilishida ishtirok etgan. Loyiha rahbari Firdavs Abduxoliqov hamkorlik taklifi bilan murojaat qilgan birinchi xorijiy mutaxassislardan biri[5]. Keyinchalik Mkrtichev Butunjahon jamiyatining barcha kongresslarida qatnashib, ekspert va maqolalar muallifi sifatida „Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida“ turkumidagi qator kitoblarni yaratishda ishtirok etgan[6].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2002-yil — Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil avgust oyida Mkrtichev Mizdaxqon arxeologik shaharida Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyining filialini tashkil etish tashabbusini eʼlon qiladi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Тигран Мкртычев“ (ru). Мир Музея. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
  2. „По итогам конкурса выбран директор музея имени Савицкого“ (ru). "даракчи" (2019-yil 5-iyul). 2023-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  3. „Новый директор Нукусского музея Тигран Мкртычев приступает к своим обязанностям“ (ru). Фергана.ру (2020-yil 11-dekabr). 2023-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  4. „Большие планы нового директора музея“ (ru). uza.uz (2020-yil 12-dekabr). 2023-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  5. „Тигран Мкртычев. Всемирное общество и популяризация культурного наследия Узбекистана“ (ru-RU). 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
  6. „Тигран Мкртычев - о VI конгрессе «Культурное наследие Узбекистана — основа нового Ренессанса»“ (ru-RU). 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
  7. „Отдохнуть от живописи в Миздахкане“ (ru). Фергана.ру (2022-yil 3-avgust). 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]