Pavel Benkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pavel Petrovich Benkov (1879.8(20).12, Qozon1949.16.1, Samarqand) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). Qozon Badiiy bilim yurtida (1896—1902), Peterburg Badiiyot akadimyasida (1901—06, D. N. Kardovskiydan), Parijda rassom R. Jyulianning xususiy akademiyasida (1906) taʼlim olgan. Italiya, Ispaniya, Fransiyaga safar qilgan. "Kovalevskiy bolalarining portreti", "Rassom ayol portreti" va boshqa asarlar, Qozon Katta teatrining "Ruslan va Lyudmila", "Karmen", "Aida" kabi mumtoz operalari, "Oliya Bonu". "Tohir va Zuhra" kabn spektakllariga dekoratsiya chizgilari yaratdi (1913—28). 1929 yildan Samarqandda. 1930 yildan Samarqand Badiny bilim yurtida oʻqituvchi. Asarlarida, ayniksa, 30-yillar oʻrtalarida yaratgan mavzuli mujassamotlarida Oʻzbskistonni, uning qad. shaharlari qiyofasi, oʻziga xos iqlimi, serkuyoshliligini, oʻzbek millati madaniyatini, kishilarini yorqin boʻyoqlarda gavdalantirdi ("Buxoro timi", 1929; "Xivalik qiz", 1931; "Dugonalar", 1940; "Qahramonning onasi", 1942; "Jangchiga sovgʻa", 1945; "Dutorchi qiz", 1947). "Buxoroda oshxona" (1929), "Eski Buxoro" (1931), "Minorai kalon" (30-yillar), "Koʻcha" (1943), "Registondagi choyxona" (1944) asarlari Oʻzbekistonning mumtoz meʼmoriy obidalari va manzaralariga bagʻishlangan. Portretlar, Samarqandning kucha va bogʻlari, bozor va hovlilari, maydon va choyxonalari, ulardagi hayotning oʻziga xos goʻzalligini yorqin va hayotiy ifodalovchi asarlar ham yaratgan. Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatni shakllantirishda, milliy kadrlar yetishtirishda xizmati katta. 1949—97 yillarda Respublikarassomlik bilim yurti B. nomi bilan atalgan.

Ad:. Nikiforov B. M., Pavel Petrovich Benkov, M., 1967; Benkov P. P., Perepiska. Vospominaniya, T., 1981.

Manbalar[tahrir]