Lazar Rempel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Lazar Izrailevich Rempel (1907.7.11, Kishinyov — 1992, Moskva) — Markaziy Osiyo sanʼatshunosligi boʻicha yirik mutaxassis.

Sanʼatshunoslik doktori (1963), professor (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Moskva sanʼat universitetini tugatgan (1931). 1937-yildan Buxoro, Samarqand, Jambul muzeylarida, bir qancha arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashib, Oʻrta Osiyo xalqlari sanʼati tarixini oʻrgangan. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimining mudiri (1954—84). Asosan, Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo sanʼati, meʼmorligi tarixini oʻrganishga bagʻishlangan asarlarida Oʻzbekiston meʼmorligi bezagi, tuzilishi tarixi va nazariyasi masalalarini yoritgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1966).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pandjara. Arxitekturnie reshyotki i ix postroyeniye, T., 1957;
  • Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Uzbekistana, T., 1958 v soavtorstve);
  • Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960 (v soavtorstve);
  • Arxitekturniy ornament Uzbekistana, T., 1961;
  • Reznoy shtuk Afrasiaba, T., 1971 (v soavtorstve);
  • Dalekoye i blizkoye, T., 1981.