Firdavs Abduxoliqov
| Firdavs Fridunovich Abduxoliqov | |
|---|---|
|
| |
|
Mansab davri 2024-yil 5-iyundan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
|
Mansab davri 2019-yil 12-sentabrdan – 2024-yil 5-iyungacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
|
Mansab davri 1999-yil – 2004-yil | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
10-avgust 1963-yil Samarqand, OʻzSSR, SSSR |
| Maʼlumoti | Samarqand davlat universiteti |
| Mukofotlari |
|
Firdavs Fridunovich Abduxoliqov (1963-yil 10-avgust, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – o‘zbek olimi va jamoat arbobi, metsenat, mediamenedjer.
WOSCU boshqaruvi raisi. Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori. O‘zbekistonning ilk nodavlat ommaviy axborot vositalari asoschisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1963-yil 10-avgustda Samarqand shahrida shifokor Fridun Abduxoliqov va jamoat arbobi Mohira Latipova oilasida dunyoga kelgan. Otasi tarafdan yozuvchi Mirzo Qo‘qonboy Abduxoliqovning evarasi, ona tarafdan sanoatchi va san’at homiysi Mirzo Buxoriyning evarasi hisoblanadi.
Ma’lumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yili Samarqanddagi 16-maktabni bitirgan. 1980–1985-yillarda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida, 2001–2007-yillarda shu universitetning iqtisodiyot fakultetida o‘qigan. 2023-yilning 24-oktyabrida „O‘rta asr Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar badiiy talqini“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]• 1985–1987 – Samarqand shahridagi 33-kasb-hunar bilim yurtida o‘qituvchi.
• 1987–1988 – Samarqanddagi 16-poligrafiya bilim yurtida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
• 1988–1989 – Samarqand viloyati Yoshlar markazi direktori.
• 1989–1998 – mamlakatdagi birinchi nodavlat teleradiokompaniya – STV bosh direktori va asoschisi.
• 1998–1999 – O‘zteleradiokompaniya raisi o‘rinbosari.
• 1999–2004 – Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
• 1999–2001 – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi.
• 1999–2002 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatining bosh maslahatchisi.
• 2016 – "Press Club: Elections-2016" press-klubi asoschisi va top menedjeri.
• 2003–2022 – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi asoschisi va boshqaruv raisi.
• 2019-2024 – Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori.
• 2020-2024 – O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi raisi.
• 2021-2024 – Toshkent xalqaro kinofestivali bosh direktori.
• 2021-2024 – BDKI (VGIK) Toshkent filiali vasiylik kengashi raisi.
• 2018-yildan – O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruvi raisi.
• 2022-yildan – MDH davlatlari va Gruziya kinostudiyalari Xalqaro ijodiy birlashmasi raisi.
• 2023-yildan – Turkiy dunyo kinochilari uyushmasi raisi.
• 2024-yildan – Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori.
Ilmiy noshirlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduxoliqov 2016-yilda „O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida“ xalqaro multimedia loyihasiga asos soldi, 2018-yilda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi lavozimiga saylandi.
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekistonning tarixiy merosi haqidagi kitoblar muallifi, jumladan:
- „O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida“ kitob-albomlar turkumi
- „O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar“
- „Ko‘p asrlik an’analarni saqlab kelayotganlar“
- „Rishton kulolchiligi“
- „O‘zbekiston san’ati durdonalari. Tasviriy san’at“
- „O‘zbekiston san’ati durdonalari. Badiiy metall“
- „O‘zbekiston san’ati durdonalari. Kulolchilik“
- „O‘zbekiston san’ati durdonalari. Badiiy to‘qimachilik“
- „Moniyni „xijolatda qoldirgan“ Kamoliddin Behzod“
- „Orol va Amu sohillarida: qoraqalpoq san’ati“
- „Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar“
Ilmiy maqolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Devoni Husayniy“ qo‘lyozmasiga tavsif
- „Me’rojnoma“ qo‘lyozmasiga tavsif
- Kamoliddin Behzod miniatyuralarida temuriylar portretlari
- O‘rta asr qo‘lyozmalarida Ulug‘bek tasviri
- Ulug‘bekning noyob portreti
- Boyqarodan qolgan boylik
- Safaviylar davri miniatyurasidagi portretlar
- Sharq miniatyurasi: Islom falsafasi va inson tasavvuri
- Bobur tasviri: hokimiyat va ulug‘vorlik timsoli
- Bobur Sharq miniatyurasida
- O‘zbekiston madaniy merosi dunyo olimlarini birlashtiradi
- Alisher Navoiy Sharq miniatyurasida
- Umarshayx Mirzo tasviri Sharq miniatyurasida
- „Devoni Husayniy“ – Sharq madaniy san’ati durdonasi
- Me’rojnoma va „Tazkirat ul-avliyo“ tarjimasi
- Sharq miniatyurasi va Islom falsafasi
- Kamoliddin Behzodning Nizomiy Ganjaviy „Xamsa„“sidagi miniatyuralari
Prodyuserlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]30 dan ortiq filmlarning bosh produseri va hammuallifi. Ular orasida:
„Oʻzbekiston – qumlar gavhari“;
„Qoraqalpogʻiston. Vaqt qumlari nigohida“;
„Nukus. Nomaʼlum kolleksiya“;
„Oʻzbekiston. Sevgi haqida afsona“;
„Oʻzbekiston. Uchinchi Uygʻonish davriga nazar“;
„Oʻzbekiston. Uygʻonish“;
„Xalq jasorati“;
„Quyosh tafti“;
„Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida“ turkum filmlari;
„Xalq koʻngli“ turkum filmlari oʻrin olgan.
Shuningdek, BBC, EURONEWS, CNBC va boshqalar bilan hamkorlikda „Katta Langar Qurʼoni: sirlar va haqiqatlar“ – „Yangi Oʻzbekiston“ va boshqa loyihalar tayyorlandi.
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat unvonlari va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist“ faxriy unvoni (2011) – ko‘p yillik samarali mehnati va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun.
- Mehnat shuhrati ordeni (2018) – iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qilgan muxim ishlari uchun.
Xalqaro mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fransiyaning Xalqaro Avitsenna mukofoti (Avicennae Prix mukofoti) (2019) – ma’rifat va ta’lim sohasidagi yutuqlari uchun.
- Belarus Respublikasi Madaniyat vazirligining Faxriy yorlig‘i (2021) – samarali hamkorlik va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun.
- „Tojikiston Respublikasi kinematografiyasi a’lochisi“ ko‘krak nishoni (2021) – Markaziy Osiyo kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun.
- „Qo‘rqut ota“ kinofestivalining xalqaro mukofoti (2021) – Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun.
- Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining Faxriy yorlig‘i (2022) – MDH mamlakatlarida kino san’atini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun.
- „Yevrosiyo“ xalqaro kinofestivalining faxriy diplomi (2022) – Yevroosiyoda festival harakatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun.
- Rossiya fanlar akademiyasining akademigi Xristian Danilovich Fren nomidagi medal (Rossiya, Rossiya fanlar akademiyasi) (2023) – akademik sharqshunoslik fanini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun.
- „VGIKga 100 yil“ esdalik yubiley medali (2023) – universitet faoliyatidagi faol ishtiroki uchun.
- „VGIK faxriy professori“ unvoni (2023) — kino ta’limini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va VGIK Toshkent filiali yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi faol ishtiroki uchun.
- „Qo‘rqut ota“ kinofestivalining xalqaro mukofoti (2022) – Turkiy dunyo kinosi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun.
- TURKSOY oltin medali (2023) – Turkiy dunyo madaniyati va san’atiga qo‘shgan hissasi uchun.
Hukumat mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston belgisi“ ko‘krak nishoni (2000 yil)
- „O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishoni (2001)
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011)
- „O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016)
- „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni (2017)
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021)
- „O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil“ esdalik nishoni (2022)
Muassasalar mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Eʼtirof mukofoti (2018)
- Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining „Turizm fidokori“ ko‘krak nishoni (2021)
- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining „O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 30 yil“ esdalik nishoni (2021)
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining „Hamkorlik uchun“ ko‘krak nishoni (2022)
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining „“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi“ ko‘krak nishoni (2024)
Jamoatchilik tashkilotlari mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oltin qalam“ milliy mukofoti Gran-prisi (2011)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 10-avgustda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalistlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari
- Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari


