Sanʼatshunoslik instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sanʼatshunoslik instituti, Oʻzbekiston BAning Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti — oʻzbek milliy sanʼati nazariy va amaliy masalalari bilan shugʻullanuvchi ilmiy markaz. 1928 yilda Samarqand shahrida Oʻzbekiston musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqotlar instituti nomi bilan tashkil qilingan. 1932 yil Toshkent shahriga koʻchirilgan. Madaniyat ministrligi (194357 va 196397), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1957—63) qoshida boʻlgan; 1997 yildan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi tarkibida. Sanʼatshunoslik institutida tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, musiqa tarixi, folklor va zamonaviy musiqa, teatr va xoreografiya, meʼmorlik, kino va televideniye, madaniyatshunoslik, sanʼat va meʼmorlik tarixi, Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi boʻlimlari, qad. yodgorliklarni restavratsiya qilish, fotokino, ovoz yozish laboratoriyalari, ixtisoslashgan kutubxona bor. Institut koʻrgazma toʻplamida arxeologik kazilmalar jarayonida topilgan muhim ashyoviy manbalar xazinasi, valik va magnit tasmalariga yozib olingan nodir va noyob xalq musiqa ijodiyoti namunalari, sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqotlarlarining asl qoʻlyozmalari, fotomateriallari va arxiv materiallari saqlanadi. 1978 yildan nomzodlik va 1992 yildan doktorlik dissertatsiyalari himoyasi huquqiga ega Ixtisoslashgan kengash faoliyat koʻrsatadi.

Sanʼatshunoslik institutida oʻzbek milliy sanʼati — tasviriy va amaliy bezak sanʼatining nazariy uslubiy jihatlari, musiqiy meros va zamonaviy ijodiyot, anʼanaviy va zamonaviy teatr muammolari, kadimshunoslik topilmalari, madaniyatshunoslik va boshqa masalalar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Ilmiy tuplamlar nashr etiladi. Institut 1989 yildan Yaponiyaning Soka universiteti bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatgan, Yaponiyaning Ipak yoʻli instituti bilan Kushan davriga oid Dalvarzintepa madaniy yodgorligida, yapon va rus arxeolog olimlari bilan hamkorlikda Kampirtepa harobalarida qazilma ishlari olib borilmoqda. 2002 yildan YUNESKOning folklor va anʼanaviy madaniyatni oʻrganish mintaqaviy markazi tuzilib, Boysun majmuaviy ekspeditsiyasi oʻz ishini boshlagan.

Institutda sanʼatshunoslik taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlardan G. A. Pugachenkova, L. I. Rempel, M. S. Bulatov, I. Rajabov (qarang Rajabiylar), M. K. Rahimov, T. S. Vizgo, L. Yu. Mankovskaya, D. A. Faxretdinova, S. Mahkamova, A. Umarov va boshqa ishlagan; M. Razmenov, M. Krdirov, P. Zohidov, E. V. Rtveladze, R. Toqtosh, T. Gʻafurbekov, F. Karomatov (Karomatli), J. Teshaboyev, A. Hakimov, R. Abdullayev, B. Turgʻunov va boshqa ijodiy faoliyat koʻrsatmoqda.

Davlat Mullajonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil