Temur Malik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Temur Malik (12-asr oxiri 13-asrning 1yarmi) — xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xoʻjand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219 yilning dek.da 3 kunlik jangdan keyin Banokatnn egallagan Aloq noʻyon boshliq 5 ming kishilik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. T.M. ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo oʻrtasidagi orolda, suv 2 shoxga boʻlinib oqadigan joyda, bir mustahkam qalʼa qurdirib qoʻygan edi. Moʻgʻul qoʻshini son va qurolaslaha jihatdan ustun boʻlgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, T.M. 1000 kishilik otryadi bilan 1220 yilning aprelda orolga koʻchib oʻtadi va tezlikda qalʼani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qalʼa atrofini dushman halqa qilib oʻrab oladi. Manjaniqaan otilgan toshlar orolga yetmagandan soʻng moʻgullar xoʻjandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. taxminan 50 ming hasharchi tevarakatrofdan tosh, shoxshabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, moʻgʻullarning 20 ming kishilik qoʻshini esa jangga kirishadi. T.M. usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, oʻq otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirgʻin keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, T.M. orolni tashlab ketishga majbur boʻladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayikda Sirdaryoning quyi oqimi boʻylab suzib ketadi. Barchinligʻkent (Qiziloʻrdadan taxminan 50 km jan.da boʻlgan) yaqinida moʻgʻullar daryoni toʻsib qoʻyadilar. T.M. qirgʻoqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Koʻp talafot berib, yolgʻiz oʻzi Kizilqum choʻli orqali 1220 yilning yozida Xorazmga yetib keladi. Askar toʻplab Joʻjixon qoʻshiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) shahrini moʻgʻullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. T.M. 122132 yillar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin oʻz yurtiga qaytadi. Maʼlum vaqtdan soʻng T.M. moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinadi va qatl qilinadi.

T.M. jasorati haqida Mirmuhsin "Temur Malik" romani (1986)ni yozgan. Ashrafiy "Temur Malik" nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatriyaa uning "Temur Malik" baleti (1970) qoʻyilgan. Toshkent shahridagi shoh koʻchalarning biriga T.M. nomi berilgan.

Ad.:Rashidad-Din, Sbornik letopisey, t.1, kniga 2, [Perevod s pers. yaz. O. I. Smirnovoy], M.—L., 1952; Bartold V. V., Sochineniya, t.1, M., 1963; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

Hamidulla Dadaboyev.