Kigiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Namatdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Kigiz, namat — 1) uy jihozi; kigizchilikda jundan bosib tayyorlanadigan qalin, pishiq toʻshama, palos. Sharkda, xususan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda qadimdan maʼlum. Aksariyat chorvachilik rivojlangan mintaqalarda qoʻyning junidan bosiladi. Guldor (naqsh mujassamoti yulduz, romb, qoʻchqor shoxi, bulut va b.) va gulsiz sidirgʻa, ran giga koʻra, oq K., qora K., qizgʻish K. va h.k. xillari boʻladi. Ayniqsa, qalin va zich bosilgan oq K. qadrlangan. K.dan, asosan, toʻshama sifatida (gilam, palos oʻrnida) foydalaniladi. Yana, shuningdek, oʻtovlarni oʻrashda, qalpoq, telpak tikishda mayu oʻrnida ham ishlatiladi; 2) texnikada — qistirma, zichlagich, issiqlik va tovush izolyasiya materiali. Jundan, moʻyna chiqindilarini bosib yoki mineral paxta bilan bogʻlovchi modda (bitum) ni biriktirib va issiqlik ishlovi berib hosil qilinadi. Lenta, plastina, tayyor detal koʻrinishida ishlab chiqariladi. K.dan avtomobillar, traktorlar, samolyotlar uchun sal-niklar, qistirmalar, amortizatorlar tayyorlanadi. Qogoz mashinalari, musiqa asboblarida ishlatiladi; 3) qurilishda issiqlik va tovush oʻtkazmaydigan material sifatida devorlar orasiga qoʻyiladi, quvurlar oʻraladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil