Shox

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shox — 1) daraxtlarning tanasidan chiqqan oʻsimtasi; 2) koʻpchilik tuyoqli sut emizuvchilar boshidagi qattiq oʻsimta, erkak hayvonlarda urgʻochilarini talashib urishganda qurol fazifasini bajaradi. qadimiy qazilma sudralib yuruvchilar (mas, dinozavrlar) da ham Sh. boʻlgan. Karkidonlarning 1 yoki 2 ta toq Sh.i muguzlangan epidermisning konussimon oʻsimtasi, yaʼni burun yoki peshona suyagi boʻrtmasida joylashgan teridan hosil boʻladi. Boshqa tuyoqlilarning juft Sh.i peshona suyagi bilan qoʻshilib oʻsgan oʻq sterjenga ega. Quvushshoxlilar shahrining oʻq sterjeni sirtdan gʻovak gʻilof bilan qoplangan, hayoti davomida oʻsadi; jiraflar Sh.i yung bilan qoplangan, yumshoq teri gʻilof ichida joylashgan; bugʻular Sh.i faqat yosh davrida yumshoq teri bilan qoplangan, keyinchalik teri tushib ketadi. Bugʻularda koʻpincha erkagida (shim. bugʻularida urgʻochilarida ham) Sh. boʻladi; erkak bugʻuning Sh.i almashinib turadi. Yosh oʻtgan sayin bugʻular Sh.i kattalashib shoxlanadi. shahrining muguz gʻilofidan har xil ziynat buyumlari, suyak qismidan suyak yogʻi, suyak uni, yelim olishda foydalaniladi.