Simfonik musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Simfonik musiqa - asosan, simfonik orkestr ijrosiga muljallangan musiqa asarlari. Muhim janrlari: simfoniya, uvertyura, konsert, simfonik syuita, simfonik poema, rapsodiya, fantaziya.

Simfonik orkestr paydo bulgungacha, 17-asrda va 18-asrning 1-yarmida ommalashgan turli raqs syuitalari, konsertogrosso cholgʻu konserti (ansamblorkestr konserti), opera uvertyuralari orkestr musiqasining asosiy janrlari boʻlgan (ular fakat shartli ravishda Simfonik musiqa ga kiritiladi). 18-asr oxirida simfonik orkestr, yangi Simfonik musiqa janrlari (birinchi navbatda simfoniya yaratilishi bilan) yuzaga keldi. Janr jihatidan Simfonik musiqa fantaziya, kaprichchio, poppuri, skerso, marsh, turli raqs musiqalari, shuningdek, opera, balet, spektakl va kinofilmlarga yozilgan musiqalar evaziga boyidi. Simfonik musiqa rivojiga koʻp kompozitorlar oʻz ulushini qoʻshgan (Mangeym maktabi, Vena klassik maktabi vakillari, F. Shubert, F. List, M. Glinka, A. Dvorjak, P. Chaykovskiy, N. RimskiyKorsakov, G. Maler, R. Shtraus, Ya. Sibelius, D. Shostakovich, A. Onegger, S. Prokofyev, B. Martinu, I. Stravinskiy va boshqalar).

Oʻzbekistonda 1920 (V. Uspenskiy va boshqalar) va 1930y.larda (V. Zolotaryov, R. Glier, S. Vasilenko va boshqalar) yaratilgan ilk simfonik asarlar simfonik orkestr uchun qayta ishlangan xalq kuylari yoki ular asosida yozilgan syuita, poema, uvertyura va boshqa dan iborat boʻlgan. 1930y.larning 2-yarmida oʻzbek kompozitorlaridan M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviyev, shuningdek, A. Kozlovskiy, G. Mushel oʻzlarining dastlabki Sm. asarlarini yozdilar. Keyinchalik Oʻzbekistonda Sm. ning barcha turlari rivoj togshi. M. Ashrafiy, D. Zokirov, S. Yudakov, R. Hamroyev, B. Giyenko, Ik. Akbarov, R. Vildanov, Sayfi Jalil, N. Zokirov, M. Tojiyev, R. Abdullayev, A. Latifzoda va boshqa Sm.ning turli janrlarida ijod qilishdi.

Adabiyot[tahrir]

  • YanovYanovskaya N ., Uzbekskaya simfonicheskaya muzika, T., 1979.