Kontent qismiga oʻtish

Toshqin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toshqin, daryolarning toshishi – daryoda suv sathining nisbatan qisqa vaqt ichida tez nomuntazam koʻtarilishi va deyarli shunday tezlikda pasayishi. Toshqin qor va muzliklarning shiddatli erishi, yogʻin koʻp yogʻishi, suv omborlaridan suv tashlash, togʻlardagi koʻllar, toʻgʻonlarni, toʻsiq dambalarni suv vayron qilishi va hokazo natijasida sodir boʻladi. Bahorgi sersuvlikdan farkli oʻlaroq, Temir yoʻlning turli davrlarida roʻy beradi. Oʻrta Osiyo togʻlarida qor tez yoki sekin erishi, shuningdek, yomgʻirlar natijasida tog daryolarida ketma-ket (baʼzida 4—7 martagacha) toshqin sodir boʻladi, togʻ daryolari shu bilan tekis yerlardagi daryolardan farq qiladi. Toshqin oddiy va murakkab turlarga boʻlinadi. Oddiy toshqin butun havzaga bir tekis tushadigan bir yoʻla yoqqan yomgʻir (soatlab yoki sutkalab) yoki vaqt birligida erigan qor natijasida sodir boʻladi. Murakkab toshqin daryoning yuqori qismida ketma-ket yuz beradigan Toshqin natijasida roʻy beradi.

Oʻrta Osiyoning katta daryolari (Amudaryo, Sirdaryo)da qishda havoning isib ketishi tufayli daryodagi qalin muz qatlamlari jadal erib, toshqin yuz beradi. Bunday toshqin da suv muz qatlami ostida dare oqimi boʻylab quyiga harakat qiladi, muz yorilishi natijasida suv sathi keskin koʻtariladi va baʼzan maksimal darajada ortib ketadi.

Katta toshqin yerlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Suv omborlari toshqin davrida suvning bir qismini yigʻib olishga, undan kamchil davrlarda sugʻorish va boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi (qarang: Daryo oqimini tartibga solish). Toshqin boʻyicha prognoz gidrometeorologiya tarmoqlari stya va postlari maʼlumotlari asosida tuziladi.