Kontent qismiga oʻtish

Qoʻshkoʻpir

Koordinatalari: 41°32′0″N 60°21′0″E / 41.53333°N 60.35000°E / 41.53333; 60.35000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'shko'pirdan yoʻnaltirildi)
Qoʻshkoʻpir
shahar
41°32′0″N 60°21′0″E / 41.53333°N 60.35000°E / 41.53333; 60.35000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Xorazm viloyati
tuman Qoʻshkoʻpir tumani
Avvalgi nomlari Zamaxshar (Zam shahar)
Aholisi
 (2017)
42 800
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qoʻshkoʻpir xaritada

Qoʻshkoʻpir — Xorazm viloyati Koʻshkoʻpir tumanidagi shaharcha (1983-yildan), tuman markazi. Xorazm viloyatining gʻarbida, Gʻozovot kanali boʻyida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansi-yasi — Urganch (27 km). Q.dan Urganch shahrigacha 27 km. Aholisi 42,8 ming kishi (2017). Q.da paxta tozalash, silikat gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari va mik-rofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, poliklinika, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Q.dan Urganch, Xiva shaharlari va boshqa tuman markazlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.