Oyrotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oyrotlar (moʻgʻulcha — birlik, ittifoqdosh, yaqinlik, qoʻshnichilik, oʻrmonzorda yashovchilar) — gʻarbiy moʻgʻullar tarkibiga kirgan choʻros, derbet, xoʻshout va targʻaut kabi 4 ulus, yaʼni qabilalar ittifoqining umumiy nomi. O.ni "derben oyrot" ("toʻrt oyrot") deb ham atashgan. Turkiy xalqlar O.ni "qalmoq" deb atagan. O.ning umumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. O. ilk bor 1204 yilga oid manbalarda qayd etilib, Yenisey daryosining yuqori qismida yashagan. Keyinchalik (15-asr) Sharqiy Turkistonning shim. qismidagi (Jungʻoriya) yaylovlariga joylashgan. 17-asr boshlarigacha O.ga xoʻshoutlar sardori (tayji) yetakchilik qilgan, keyin ushbu lavozim tarkibida turklar koʻproq boʻlgan choʻros ulusi boshligʻi qoʻliga oʻtgan. O.ning hayoti chorvachilikka asoslangan, shu bilan birga ular ovchilik, dehkrnchilik, hunarmandchilik bilan ham shugʻullanadi. O.ning yozuvi qad. uygʻur yozuviga asoslangan. DindorlariTibet budda dinidan, uning "sariq din" (xitoycha "xuangjyao") oqimiga eʼtiqod qiladi. Shu bois Tibetning markazi Lxasadagi ibodatxonani ziyorat qilish O. uchun haj qilish bilan teng boʻlgan. O. jamiyatida mavjud boʻlgan qoidalar Chingizxon davridagi qonunlar asosida bitilgan. "Oyrotmoʻgʻul tuzugi"ga asoslangan.

Manjurlar tomonidan Xitoyda tash-kil etilgan Sin (Chin) imperiyasi (1644—1911)ning O. davlatini tugatishi (qarang Oyrot xonligi), O. uchun katta fojia boʻlgan. O. yarim asr mobaynida xitoyliklarga qarshilik koʻrsatib nafaqat davlat tuzumidan, balki 600 ming kishidan iborat aholisining 5/6 qismidan ajralgan. O.ning tirik qolgan qismi Sharqiy Turkiston, Moʻgʻuliston va Xitoyning gʻarbiy oʻlkalariga tarqatib yuborilgan.

Abdulahad Xoʻjayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil