Polinevrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polinevrit (yun. poly — koʻp va ... nerv) — qoʻl-oyoq nervlarining bir vaqtda kasallanishi. P. mustaqil kasallik, shuningdek, baʼzi yuqumli kasalliklar (difteriya, dizenteriya) asorati sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Spirtli ichimliklar, margimush, simob, qoʻrgʻoshintn surunkasiga zaharlanish va roʻzgʻorda ishlatiladigan kimyo-viy poroshoklarni notoʻgʻri ishlatish (to ks i k P.), moddalar almashinuvining buzilishi (qandli diabet), organizmda vitaminlar yetishmasligi x.am P.ga sabab boʻladi. P. meʼda va ichak kasalliklari bilan ogʻrigan kishilarda nerv toʻqimalarining oziklanishi va vitaminlar singishi uchun zarur boʻlgan moddalar soʻrilishining buzilishi natijasida boshlanib ketishi mumkin.

Kasallik bemorning qoʻl va oyoq panjalarida chumoli yurgan kabi jimirlash sezishidan boshlanadi, keyinchalik issiqda qoʻl-oyoq muzlab ogʻriydi, uvushadi. Kasallik zoʻraya borgani sari bemorning oyogʻi darmonsizlanib, yurishi qiyinlashadi va qoʻlida hech narsa tuta olmay qoladi. Oyoq, qoʻl muskullari nimjonlanib, oza boshlaydi, se-zishi buziladi.

Davo, asosan, kasallik sababiga karshi qaratiladi. P.ning oʻtkir davrida oʻrinda yotib davolanish kerak. Dori-darmonlardan tashqari, fizioterapevtik muolajalar, davo fizkulturasi buyuriladi, surunkali xilida esa kurortlarda davolanish tavsiya etiladi.

Yuqumli va moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechadigan kasalliklarni oʻz vaqtida davolab, P.ning oldini olish mumkin. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil