Nevrologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nevrologiya (nevr… va …logiya) — odam va hayvonlar nerv sistemasining tuzilishi hamda norma va patologik holatlardagi funksiyalari, uning filogeneza va ontogenez" qonuniyatlari toʻgʻrisidagi tibbiy-biologik fan. Nevrologiyaning boʻlimlari — nerv sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi, embriologiyasi, neyrofiziologiyasi, patofiziologiya, shuningdek, nevropatologiya, bolalar nevropatologiyasi, nevrogigiyena va boshqa qadimgi dunyo tibbiyoti neyromorfologiyadan elementar maʼlumotlarga ega boʻlgan. XVI-asrda A. Vezaliy nerv sistemasini oʻrganishda morfofunksional yoʻnalishni boshlab berdi. XIX-asrda nerv sistemasini mikroskopik oʻrganishga asos solinadi, bu esa neyronni taʼriflashga imkon berdi. Gistologiya, tasviriy anatomiya bilan birga neyrofiziologiya ham rivojlanib bordi; hayvonlar miyasining ayrim qismlarini ajratib olib oʻrganishga kirishildi. Bosh va orqa miyada harakat va sezgi funksiyalarini belgilovchi maxsus markazlar borligi aniqlandi. 19-asrning 2-yarmida bosh miya vaskulyarizatsiyasi, nerv sistemasining filogenezi va ontogenezini oʻrganishda bir-muncha muvaffaqiyatlarga erishildi. 19—20-asrlarda I. M. Sechenov, N. Ye. Vvedenskiy, Ch. Sherrintonlar oʻtkazgan fiziologik tadqiqotlar chet elda nevrologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi taʼlimoti, miyaning tuzilishi va funksiyasining shakllanishida evolyusion-genetik qonuniyatning ochilishi va boshqa 20-asrda nevrologiyaning muhim yutuqlaridan boʻldi.
Miyachaning adaptatsion-trofik funksiyasi haqidagi konsepsiyaning takomillashtirilishi, simpatik nerv sistemasining muskul qisqarishiga taʼsir etishini tajribada aniqlanishi, interoretsepsiya masalalarining, bosh miya poʻstlogʻi bilan ichki aʼzolar oʻzaro munosabatining oʻrganilishi va boshqa nevrologiyaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.
Nevrologiya muammolari Oʻzbekistondagi tibbiyot institutlarining nevrologiya kafedralarida oʻrganiladi.[1]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Majidov N. M., Nevrologicheskiye vozzreniya Abu Ali ibn Sino, T., 1980; Majidov N. M.,Troshin V. D., Profilakticheskaya nevrologiya: 1—4 t., T., 1995—98.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil