Turkum:Asab kasalliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asab kasalliklari keng tarqalgan kasalliklar sirasiga kiradi va turli-tuman klinik belgilar bilan namoyon boʻladi.

Nevrologiya faniga bundan ming yil ilgari Abu Ali ibn Sino asos solgan boʻlib, faqat XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotidan nevrologiya

fani boʻlib ajralib chiqqan. Abu Ali ibn Sino birinchi boʻlib umumiy nevrologiya bilan xususiy nevrologiyani ajratib berdi, inson a’zolarining faoliyatini ularning tuzilishi bilan chambarchas bogʻliq ravishda bayon qildi. Shu bilan birga a’zolarni bosh miya va itoatkor a’zolarga boʻlib chiqqan, bosh (markaziy) a’zolarga bosh va orqa miyani kiritdi. Bosh miyani his-tuygʻular va harakatning boshlangʻich a’zosi deb ta’riflagan. Bosh miya anatomiyasini bayon qilgan. Ibn Sino bosh miyani «ong markazi» deb ta’riflaydi. Bu a’zo orqali biz dunyoni koʻramiz, eshitamiz, mushohada qilamiz va hidni bilamiz. Bu a’zoda fikr paydo boʻladi, fikrdan

esa bilim tugʻiladi. Ichki a’zolarning faoliyati, ishlash tarzi ham bosh miyaga bogʻliq. Ibn Sino orqa miya anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur oʻrganib,

shunday yozgan edi: «yaratuvchi... bosh miyaning bir qismini pastga (tananing pastki qismiga) tushirib, insonga muruvvat koʻrsatdiki, undan ajralgan asablar mayda tarmoqlarga boʻlinib, oʻz vazifalarini bemalol, uzluksiz bajo keltiradilar». Ibn Sino nafas markazining bosh miya bilan orqa miya oʻrtasida joylashganligini, jinsiy va siydik chiqarish a’zolari faoliyatini orqa miya idora qiladi deb aytgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» kitobida periferik asab tizimining anatomiyasi va fiziologiyasini tasvirlab bergan. Periferik asablarni Ibn Sino quyidagicha ta’riflaydi: «asablar bosh miyadan yoki orqa miyadan boshlanib, mayda, yumshoq oʻtkazgichlardan iborat. Ular harakatlantirish va sezish vazifalarini bajarish uchun yaratilgan». Bundan tashqari, bosh miya va orqa miya asablarining harakatlantiruvchi va sezuvchi vazifalarini e’tiborga olib, alohida-alohida bayon qilgan. Ibn Sino asab va ruhiy kasalliklar tasnifini yaratgan. Hozirgi zamon asab tizimi tasnifi Ibn Sino yaratgan tasnifdan katta farq qilmaydi. Ibn Sino kasalliklarni oʻtkir va surunkali, yengil yoki ogʻir, davolanadigan va davolanmaydigan

kasalliklarga boʻladi. Kasallikni 4 ta: boshlangʻich, zoʻrayish, oʻta zoʻrayish va susayish davrlarga ajratadi. Ichki a’zolar kasalliklari natijasida asab

tizimining buzilishlarini ifodalab bergan. Ibn Sino bemorlarni davolashda psixoterapiyaga katta e’tibor bergan. Uning fikricha, yaxshi soʻz, mehribon

doʻst va sevimli odamlarning yaqinligi, sayru sayohatlar, ov, musiqa kabi kayfiyatni yaxshilovchi omillar inson ruhini koʻtarib salomatligini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, kasallik turlarini oʻrganishda Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Bakr ar-Roziy va boshqa olimlar olib borgan ishlar ham maqtovga sazovordir. Insonning asabi nozik, lekin qudrati zoʻr. Kishi asabi qanchalik zoʻriqsa, kasallikka shunchalik tez chalinadi va dard ancha ogʻir oʻtadi. Odamning asabi qanchalik yaxshi boʻlsa, kuch-quvvati ham yaxshi boʻladi. Agar odamning asabi tinch va oʻzi xotirjam boʻlsa, kasallikdan yiroq yuradi. Bunday odam dardga uchraganda ham tez va asoratsiz sogʻayadi, deb yozgan edi Abu Bakr ar-Roziy.

„Asab kasalliklari“ turkumidagi sahifalar

Quyida ushbu turkumga kiruvchi 15 ta sahifadan 15 tasi koʻrsatilgan.