Nevrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nevrit (nevr... va yun. itis — yalligʻla-nish) — periferik nervlarning yal-ligʻlanishi, bunga infeksion kasalliklar, tana toʻqimalariga shikayet yetishi, moddalar almashinuvining buzilishi, nervning qon bilan taʼminlanishidagi yetishmovchiliklar (Mas, aterosklerozla) va boshqa sabab boʻladi. Yalligʻlangan nervlar atrofida ogʻriq, muskullar atrofiyayesh yoki falaji, darmonsizlik, sezuvchanlikning buzilishi, harakatning cheklanishi kuzatiladi. Yuz, eshitish, bilak, tirsak va oraliq nervlar N.i koʻp uchraydi. Yuz nervi N.i, odatda, sovuq qotish, oʻrta quloqning yalligʻlanishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda mimika muskullari falajlanadi; koʻz yumilmaydi,ogʻiz burchagi qiyshayadi vah. k. Eshitish nervi N.ida oʻrta quloqda asta-sekin shovqin paydo boʻlishi bilan birga kundan-kun quloq ogʻirlashib boraveradi. Bilak, tirsak oraliq nervlar N.i umumiy intoksikatsiya, yalligʻlanish, jarohat va shikastlar oqibatida kelib chiqadi.

Bunda qoʻl panjasi, barmoqlarni yaxshi qimirlata olmaslik, sezuvchanlikning oʻzgarishi, muskullar atrofiyasi kuzatiladi.

Davo kasallikning kelib chiqish sabablariga bogʻliq; bemor qanchalik erta davolansa, shunchalik tez tuzalib ketadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil