Adashgan nerv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adashgan nerv, sayyor nerv (nervus vagus) – odam va umurtqali hayvonlar bosh miyasi nervlarining o‘ninchi jufti; eng uzun nerv. Adashgan nerv organizmda keng yoyilganligi uchun "adashgan" (sayyor) deyiladi. U miyaning to‘rtinchi qorinchasi tubidan boshlanadi: miyadan chiqqach, kallaning bo‘yinturuq te-shigidan o‘tadi. Bosh, bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a’zolarini markaziy nerv sistemasi bilan bog‘laydi (inner-vatsiya). Harakatlantiruvchi, sezuvchi va sekretor tolalari bor. Nafas a’zolariga, hazm a’zolarining ko‘pchiligiga, yurakka tarmoqlar berib, keng chig‘allar hosil qiladi, bu chig‘allardan esa bir talay tarmoqlar boshlanadi. Reflektor harakatlarni (mas, yutinish), qon bosi-mini boshqarishda ishtirok etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil