Antitoksinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antitoksinlar (anti ... va yun. toxikon – zahar) – 1) yuqumli kasallik davrida bemor organizmida hosil bo‘ladigan immun moddalar. A. patogen mikroblar zaharini zararsizlantiradi. A. hayvonlar organizmida sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi, buning uchun avval mikrob zaharidan anatoksin tayyorlab, keyin u, mas, ot terisi ostiga bir necha marta yuboriladi. Natijada ot organiz-mida A. hosil bo‘ladi. Bunday otning qon zardobi difteriya, botulizm, qoqshol va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi; 2) o‘simliklar hosil qiladigan va fito-patogen mikroorganizmlar ajratadigan zaharli moddalar ta’sirini susaytirish va neytrallash qobiliyatiga ega kimyoviy moddalar. Mas, g‘o‘zada A. xinonlar ti-pidagi fenolli birikmalarning fer-mentativ oksidlanishi, fitoaleksinlar va ularning xinonlari mahsuli bo‘lib, o‘simliklarda infeksiyaga javoban pay-do bo‘ladi. Bu moddalar ta’sirida mas, vilt toksinlaridan biri pektintran-seliminaza fermentining faolligi pasayadi. A. o‘simliklarning kasalli-klarga tabiiy chidamli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil